Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiAudio/Qoʻllanma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

  1. Maqolani tanlab, Telefonga yoki kompyuter yordamida maqolaning audiversiyasini yozib olamiz. Yozayotganda bilgiquti, manbalar, havolalar, boʻlimlar nomlarini oʻqimaymiz.
  2. Iloji boʻlsa, audiofayl .ogg formatida boʻlishi kerak. Fayl boshqa formatda boʻlsa, uni https://audio.online-convert.com/convert-to-ogg saytida .ogg formatiga oʻgiramiz.
  3. Audiofaylni toʻgʻri nomlaymiz: maqola nomi oʻzbekcha boʻlsa, oʻzidek olaveramiz, Masalan, Eng gullagan yoshlik chogʻimda.ogg. Maqola nomi inglizcha yoki ruscha boʻlsa, oxirida „(uzwiki)“ deb yozamiz. Masalan, Gruppa krovi (uzwiki).ogg.
  4. Vikiomborda https://commons.wikimedia.org/wiki/Special:UploadWizard sahifasini ochamiz. Tepada kerakli tilni tanlash mumkin. Xohlasak, oʻzbek tilini tanlaymiz.
  5. Ulashish uchun mediafayl tanlang“ tugmasini bosamiz. (Inglizcha Select media files to upload, ruscha Выберите медиафайлы, чтобы поделиться)
  6. Kompyuterda kerakli faylni tanlaymiz va „open“ / „открыть“ tugmasini bosamiz.
  7. Davom etish“ tugmasini bosamiz.
  8. Bu fayl oʻzimning ishim“ tugmasini bosamiz.
  9. Keyingisi“ tugmasini bosamiz.
  10. Izoh“ degan joyida oʻzimizga maʼqul tilda, masalan, ingliz tilida mana bunday deb yozamiz: This is a spoken word version of the Wikipedia article UZWIKIDAGI MAQOLA NOMI in Uzbek. Ingliz tilida yozganimiz afzal. Ham inglizcha, ham oʻzbekcha yozsak, yanada yaxshi. Oʻzbekchasi: Bu oʻzbekcha Vikipediyadagi MAQOLA NOMI maqolasining oʻqib eshittirilgan versiyasidir.
  11. Tavsif“ degan joyida shuni takrorlaymiz. Xohlasak, uzwiki maqolasiga link qoldiramiz: This is a spoken word version of the Wikipedia article [[:uz:MAQOLA NOMI|MAQOLA NOMI]] in Uzbek. Oʻzbekchasi: Bu oʻzbekcha Vikipediyadagi [[:uz:MAQOLA NOMI|MAQOLA NOMI]] maqolasining oʻqib eshittirilgan versiyasidir.
  12. Sana“ boʻlimida audio yozib olingan sanani tanlaymiz.
  13. Turkumlar“ boʻlimida Spoken Wikipedia — Uzbek deb yozamiz.
  14. Fayllarni chop etish tugmasini“ bosamiz.

Vikiomborga yuklangan aduofaylni tegishli Vikipediya maqolasiga qoʻshish

[manbasini tahrirlash]
  1. Tegishli Vikipediya maqolasida (yaʼni, audiofayl uchun asos boʻlgan maqolada) „Havolalar“ boʻlimini topamiz. Bu boʻlim mavjud boʻlmasa, uni yaratamiz. Buning uchun:
    1. Koʻrib tahrirlagichda (Visual Editor) ishlayotgan boʻlsak, „Manbalar“ boʻlimi tagida yangi qatorda „Havolalar“ deb yozamizu, uni belgilagan holda „Satr boshi“ > „Sarlavha“ tugmalarini bosamiz.
    2. Manba kodini tahrir qilayotgan boʻlsak, „Manbalar“ boʻlimi ostida == Havolalar == deb yozamiz.
  2. Vikiomborga yuklangan faylni tegishli Vikipediya maqolasiga kiritamiz
    1. Koʻrib tahirirlagichda ishlayotgan boʻlsak, kursorni „Havolalar“ yozuvi tagiga qoʻyib, „Qoʻyish“ > „Andoza“ tugmalarini bosamiz; „Find template“ oynasida „Ovozli Vikipediya“ deb yozamiz va u chiqqanidan keyin, ustiga bosamiz; chapda „1“ ni belgilab, audiofayl nomini toʻliq yozamiz (oxirida .ogg bilan); „date“ni belgilab, audiofayl yozilgan sanani yil-oy-kun shaklida kiritamiz; „Qoʻyish“ tugmasini va ortidan „Oʻzgarishlarni chop otish“ tugmasini bosamiz. Tamom!
    2. Manba kodini ishlatayotgan boʻlsak, „Havolalar“ boʻlimi yonidagi „Manbasini tahrirlash“ tugmasini bosib, mana bu kodni kiritamiz: {{Ovozli Vikipediya|sana=yil-oy-kun|fayl nomi}}. Masalan, {{Ovozli Vikipediya|sana=2022-06-06|Eng gullagan yoshlik chog'imda.ogg}}. Soʻngra „Oʻzgarishlarni chop etish“ tugmasini bosamiz. Tamom!
  3. Audiofayl qoʻshilgan Vikipediya maqolasining munozarasini ochib, „Manba kodi sifatida yaratish“ yoki „Manbasini tahrirlash“ tugmasini bosamiz hamda {{Audiomaqolalar loyihasi}} kodini qoʻyamiz. „Oʻzgarishlarni chop etish“ tugmasini bosamiz. Tamom!