Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Falastindagi Britaniya mandati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nominator(lar): Axadjon1 09:54, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Oʻzbekcha Vikipediya administratorlari va faollar. Maqola 1922—1948-yillardagi Falastindagi Britaniya mandati haqida. Maqolani ruscha va inglizcha Vikipediyalardan tarjima qilib, yangi oʻzbekcha manbalar qoʻshdim. Ovoz berishda faol boʻlishingizni soʻrab qolgan boʻlar edim. Axadjon1 09:54, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Toʻliq emas, faqat kirish qismiga koʻz yugurtirdim. „en:Homeland for the Jewish people“ maʼnosida kelgan „national home“ jumlasi „milliy uy“ deb olingani kalka tarjima. „Milliy vatan“ yoki „milliy davlat“ boʻlishi kerak. „Bu rejaga binoan, mandatning tugashini va tarixiy Falastinning qolgan qismida Falastin hamda Isroil davlatlarining tashkil etilishini nazarda tutgan“ gapi esa gʻaliz. Maqolada imloviy xatolar ham bor. Masalan, jahon urushlari kichik harf bilan yozilgan, „1947-1949“ kabi holatlarda chiziqcha ishlatilgani esa xato. Va hokazo. Maqola toʻliq koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 18:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchiliklar  Tuzatildi. Axadjon1 18:40, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Qizil havolalar uchun {{Tarjima qilinmagan 5}} andozasini ishlatgan maʼqul. Umarxon III (munozara) 07:25, 2024-yil 20-dekabr (UTC).[javob berish]