Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/AQSh iqtisodiyoti
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Assalomu alaykum! Ushbu maqola dunyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh)ning iqtisodiyoti haqida. Maqolani inglizcha vikipediyadan tarjima qildim, u shu paytgacha jami 7 228 833 marta va kunlik oʻrtacha 2 470 marta koʻrilgan. Maqola juda katta hajmga ega, ishonchli manbalar yetarlicha va mavzusi dolzarb. Iqtisodiyot yoʻnalishida oʻqiganim uchun shu yoʻnalishga oid maqolani tanlab, TM statusiga nomzodlikka qoʻydim. Maqola uzoq vaqt davomida tarjima qilingani, hajmi kattaligi sababli xato va kamchiliklar boʻlishi tabiiy. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov, Boboyev1996, ShohjahonSobirov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Kamol Azzam, Finikchik, Visola Tangirova, Ikromova Guli va boshqa tajribali vikipediyachilar iltimos ushbu maqolani TM statusiga loyiq boʻladigan darajaga yetishida yordamingizni hamda fikrlaringizni ayamanglar. Maqola haqidagi mulohazalaringizni maqolaning munozara sahifasida yoki shu yerda qoldirishingizni soʻrayman. Diwikiped (munozara) 16:46, 6-Iyul 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Maqolada „Nyu-York“ ni ham, „Nyu York“ ni ham koʻrdim. Bir xillashtirish kerak.
- {{Holatiga koʻra}} andozasi chala ishlamoqda. Yo toʻliq ishlatish kerak, yoki andozani olib tashlab, qoʻlda kiritaverish kerak.
- „koʻra“ soʻzi koʻmakchi oʻlaroq va joʻnalish kelishigidan keyin kelsa, soʻzdan keyin vergul qoʻyiladi. Bunday xatoliklarni ham koʻp koʻrdim.
- Asrlar rim raqamida yozilsa, ularni nowiki tegi bilan oʻrab qoʻygan maʼqul. Shunda konverter yaxshi ishlaydi.
- Ayrim joylarda orfografik va texnik xatoliklar bor ekan. Xususan: chogʻlanman; bizsen, 2007—2008-illarda yomonlashayotganuinqirozga duch. Muzaffar Murodovichmunozara 10:08, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Muzaffar Murodovich Kamchiliklar haqida xabar berganingiz uchun rahmat. Faqat Nyu York emas boshqa Nyu soʻzi bilan boshlanuvchi shtat nomlari ham chiziqcha bilan qolgan ekan. Ularni ham va boshqa keltirib oʻtilgan xatolarni ham toʻgʻriladim.Diwikiped (munozara) 12:28, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Baʼzi jumlalarni tuzatish kerak. Mamlakatning 6 yoshgacha boʻlgan yoshlardagi ishsizlik darajasi toʻliq boʻlmagan ish bilan band boʻlganlarni oʻz ichiga oladi. Shu gapni ham tuzatish kerak.
- Buyuk turgʻunlik soʻzini jahon moliyaviy inqiroziga; tanazzul soʻzini inqirozga almashtirish kerak
- Baʼzi rasm ostidagi soʻzlarga ham vikifikator zarur
- „mamlakatlarning 74% i AQShdan koʻra, daromadlarni teng taqsimlaydi“. Tuzatish kerak. Mahmud Hamrayev (munozara) 14:03, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Mahmud Hamrayev fikr bildirganingiz uchun rahmat, tuzatildi.
Lazizdan fikrlar
[manbasini tahrirlash]Koʻplab xatboshilar manbalar bilan tasdiqlanmagan. Matnni oʻqish jarayonida muhim iddaolarda ham manbalar mavjud emasligini koʻrish mumkin. Matn hajmi kattaligi sababli imloviy xatolar ham qolib ketgani koʻzga tashlanmoqda. Sahifa yakunida keltirilgan grafik jadvallarning ham koʻpchiligida manbalar koʻrsatilmagan. Yoki iddaolarni matndan chiqarish kerak, yoki nufuzli manbalar orqali tasdiqlash kerak deb hisoblayman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:52, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Laziz aka fikringiz uchun rahmat. Grafik jadvallar va manbasiz qolgan xatboshilar/iddaolarga manba qoʻshib chiqdim. Diwikiped (munozara) 16:42, 10-Iyul 2023 (UTC)
Qoʻshimcha fikrlar
[manbasini tahrirlash]Avvalo ajoyib maqola yaratganligingiz bilan tabriklayman. Lekin maqolada bir necha xatboshilar manba bilan tasdiqlanmagan. Statusli maqolalar qoidalariga koʻra har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi darkor. Xatboshilar uchun kerakli manbalarni topib kiritishingiz soʻragan boʻlar edim!
Shuningdek ayrim jumlalaringiz mutaxassis boʻlmagan oddiy oʻquvchi uchun tushunarsiz, ayrim imlo xatoliklari ham uchrab turibdi. Maqoladagi ayrim tarjimalarni aynan oʻzbek tushunadigan sodda tilda yozishingizni maslahat bergan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 03:59, 11-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Panpanchik Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat. Maqolani yana boshidan oxirigacha oʻqib tahrirlab chiqdim, qolib ketgan imloviy xatolarni toʻgʻriladim va har bir xatboshiga manba qoʻshib chiqdim. Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman.
„Moliya“ boʻlimida „Aktivlari qiymati boʻyicha AQShning eng yaxshi oʻnta banki“ roʻyxati keltirilgan joyda jadval boʻlishi kerak boʻlgan, menimcha. Lekin qaysidir kod yetishmayotgani tufayli jadval ishlamay qolganga oʻxshayapti. Jamshid Nurqul (munozara) 21:22, 14-Iyul 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman — Axadjon1 (munozara) 17:46, 6-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — avvalambor bunday dolzarb mavzuda maqola yaratganingiz sababli sizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Va, ayniqsa, maqolaga sarflangan mehnatingiz tahsinga sazovor. Chunonchi, ingliz tilida ushbu maqola hajmi hozirda 271 936 baytni tashkil etadi ekan. Oʻzbek tilida esa bu koʻrsatkich 310 169 baytni tashkil etmoqda. Ustiga-ustak maqoladagi manbalar ingliz tilida 476 ta, oʻzbek tilidagisida esa 486 taga yetkazilibdi. Keyingi faoliyatingizga omad, yoqimli tahrirlar! Alpasli (munozara) 09:08, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — mashaqqatli mehnat uchun! Abdufattohov Ibrohimjon () 10:06, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — DMahmudova (munozara) 06:02, 8-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Nodirbek Abdumalikov (munozara) 14:19, 8-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Msindarov07 (munozara) 17:26, 8-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — MrShaxas #Munozaracha 16:42, 9-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Muxriddin Azimov (munozara) 18:26, 13-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Mahmud Hamrayev (munozara) 06:35, 15-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Ajoyib maqola uchun muallifga tashakkurlar. ANJANIY!!#suhbat 07:53, 15-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman. Bunday bahaybat maqolani ajoyib tarzda tarjima qilib yaratgan nominatorning sabriga qoyil lekin. ;) — Kagansky munozara 20:38, 17-Iyul 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi — ajoyib maqola uchun muallifga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 20:49, 17-Iyul 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.