Vikipediya:Soʻrovlar/Patrullovchi
Patrullash
|
Diqqat! Patrullovchi maqomini olish uchun ariza berishdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
- kamida bir oylik tajribangiz borligiga;
- maqola nomfazosida kamida 100 ta tahrir mavjudligiga;
- sizda patrullash talablarini tushunish va boshqa foydalanuvchilar tahrirlarini baholash uchun yetarli tajriba borligiga.
Eʼtibor bering, patrul bayrogʻi bilan bir qatorda, eski holiga qaytaruvchi bayrogʻi beriladi va qayta yoʻnaltirilmasdan nomini oʻzgartirish imkoniyati mavjud. Foydalanishdan oldin tegishli qoidalarni oʻqing.
Arxiv |
---|
Panda D (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Vikipediyadagi yangi yaratilayotgan va shu kungacha yaratilgan maqolalarni tekshirish ishlarini „patrullovchi“ sifatida amalga oshirish foydali va qulay boʻlganligi uchun ushbu statusga oʻz nomzodimni qoʻymoqchiman. Panda D (munozara) 17:54, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Assalomu aleykum. Sizning vikipediyadagi tahrirlaringizni kuzatib boraman. Bitta savol, ushbu bayroq sizga kerakmi? Bu siz maqolalarni patrullash, yaroqsizlarini oʻchirishga berish mumkin emasmi? Komilhuja 09:43, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu statusga ega boʻlmasdan turib ham maqolalarga „oʻchirishga“, „tezda oʻchirishga“ kabi andozalarni qoʻyish va ularni tahrirlash (jumladan, tekshirib chiqish) ham mumkin. Ammo „Patrullovchi“ statusiga ega boʻlgach tekshirilmagan yoki koʻrib chiqilmagan maqolalarni ajratib olish, tekshirilgan deb belgilab ketishda va yana shu kabi qoʻshimcha qulayliklar(uskunalar)dan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlaman. Agar tahrirlarimni kuzatgan boʻlsangiz, vikipediyada asosan boshqalar maqolalarni tahrirlash, tekshirish ishlarini koʻproq amalga oshirganman. Endilikda ushbu ishlarni foydaliroq tarzda qilish uchun statusga nomzodimni qoʻydim! Panda D (munozara) 10:48, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Hormang, Panda D! Bir necha savolga javob bersangiz, lutfan. Nima uchun toʻrt oylik tanaffusdan keyin Vikipediyaga qaytdingiz? Ikkinchi savol: nima uchun bir oilaning uch nafar aʼzosi (Gulbahor Tojimirzayeva, Bahodir Abdullayev va Shirin Abdullayeva) haqidagi maqolalarni saqlab qolish uchun jon-jahdingiz bilan kurashyapsiz? Nima uchun nomzodingizni koʻrsatishingiz bilanoq aynan shu maqolalardan birini saqlab qolish uchun kurasha boshladingiz? Sizningcha, bu shaxslarning har biri VP:BIOning qaysi bandlariga koʻra EAga ega? Nataev munozara 18:02, 12-Iyul 2024 (UTC)
- @Nataev Savollarga ketma-ketlikda javob beraman:
- – vikipediyada oldin ham faol boʻlganman oraliq muddatda shaxsiy muammolar sabab faol boʻlmadim, vikipediyada tahrir qilishga yaraydigan qurilma olganligim va oromgohga qayta borib vikipediyaga qaytish imkoniyati paydo boʻlganligi uchun qaytdim. (chunki bir muddat faol boʻlmagach, oʻzimga boʻlgan ishonch susaygan edi). Savolga nisbatan savolim: Vikipediyada tanaffus boʻlgach unga qaytish mumkin emasmi?
- – avvaliga Bahodir Abdullayev maqolasini tahrir qildim, maqola yaratilganda berilgan manbalar orqali boshqa yangi manbalarni topdim. Man tahrir qilayotgan yoki qilishimdan oldin faqatgina Shirin Abdullayeva maqolasida oʻchirishga andozasi bor edi, Bahodir Abdullayev va Gulbahor Tojimirzayevalar haqidagi maqolaga hech qanday andoza qoʻyilmaganligi lekin bu maqolalarni tahrirlab bir biriga oila aʼzosi ekanligini koʻrsatganimdan soʻng bu maqolalarga ham andoza qoʻyildi. Munozara qismida oʻz savollarimni berdim. Toʻgʻri bu shubhali tuyulishi mumkin, lekin nega aynan shuncha muddat tegilmagan maqola tahrir qilingach tengidan oʻchirishga taklif qilib qolingani manga ham qiziq boʻldi. Shirin Abdullayeva maqolasini esa Zulfiyachilar haqidagi munozarali vaziyat sabab asrab qolishga urundim. (Zulfiyachilar boʻyicha yana bir maqolani asrab qolinishi tarafdoriman lekin u shaxsiyat haqida boshqa bir foydalanuvchida maʼlumotlar borligi sabab teginmadim). Bu uchta shaxsiyat Namangandan va bir oilaning aʼzolari bu shubhali koʻrinishi mumkin, lekin buning ortida qandaydir manfaat yoʻq shaxsan man uchun.
- – nomzodimni koʻrsatishdan oldin oʻzim ham toʻgʻridan toʻgʻri kelib nomzod koʻrsatishim mantiqan shubhali boʻlishi haqida bilardim. Bu haqida hattoki tajribali foydalanuvchilardan soʻradim ham. Lekin qaytgan onimda maqolalarni tekshirish paytida bildimki, agarda patrullovchi boʻlsam oʻzim tekshirib oʻtgan maqolani belgilab ketish imkoniyati mavjud ekan. Tahrir va nomzodlik vaqti bir biriga ketma-ket moslikda ammo undan oldin ham tahrirlar boʻlgan (tahrirsiz kuzatuvlar ham).
- – nomzodni koʻrsatishim aslida notoʻgʻri tanlov edi, nomzodim rad etilishi koʻproq nisbatda aniqroq edi. Aytganimdek man faol boʻlgan paytlari bu status yoʻq edi, avvalgi oʻzim sevgan ishni endi foydali holatda qilishga urundim. Maqolalarni saqlab qolishga ikkita sabab boʻldi: birinchisi shuncha payt hech kim na andoza na biror tahrir qilmagan maqola man tegingach boshqalari bilan birga oʻchirishga berildi, ikkinchisi aytganimdek Zulfiyaxonim mukofoti olganlar boʻyicha munozarali vaziyat sabab qiziqdim.
- – endi VP:BIO bandlariga oʻtsak:
- Bahodir Abdullayev: VP:BIZ boʻyicha qarasak:
- – taʼsischi, uzoq muddatli (bir necha yillar davomida) yagona rahbar, yirik mintaqaviy monopolistlar (ichki metallurgiya bozorida), milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatgan (tashqi davlatlar bilan aloqa oʻrnatish, investorlar olib kirish va hokazo) kabilar boʻyicha orginfo.uz (https://orginfo.uz/search/founders/?q=ABDULLAYEV%20BAXODIR%20TOJIMIRZAYEVICH) kabi norasmiy saytlardan maʼlumotlar topdim faqat bu saytlar saytdagi koʻrsatilgan maʼlumotlar uchun javobgar emasman mazmunidagi ogohlantirishlar borligi sabab oʻchirishga berilgan munozarada savol berdim, yaʼni man shu maʼlumotlarni ensiklopedik holatda qayta tahrirlab kiritsam va manba topa olsam qanday boʻladi deb ammo aynan bu savolga javob olmadim, yana qoʻshimchasiga tadbirkorlik yoʻnalishida davlat mukofoti olganligi uchun ham shu mezonlar asosida munozara qildim.
- Gulbahor Tojimirzayeva: VP:BIZ boʻyicha qarasak:
- – taʼsischi (norasmiy manba, https://orginfo.uz/search/founders/?q=TOJIMIRZAYEVA%20GULBAXOR%20BAXODIR%20QIZI#google_vignette), milliy iqtisodiyot, yirik mintaqa yoki yirik sanoat iqtisodiyotiga shaxsiy taʼsir koʻrsatgan (chet el davlatida shaxsiy kompaniyasiga asos solib shu orqali Oʻzbekiston bozoriga investor olib kirganligi va shu kabi maʼlumotlar bor faqat toʻlaqonli nufuzli manbaga ega emas), darajasini aniq yuqoriligi haqida manba topolmadim lekin Xitoy davlatidagi tajribasi va tahsil olgan sohasi boʻyicha menejment va bozor iqtisodiyoti boʻyicha mutaxassis, ularning korxona natijalariga sezilarli taʼsiri boʻyicha ham maʼlumotlar bor faqatgina ensiklopedik holatda yozish kerak, yana qoʻshimchasiga tadbirkorlik va shunga oid yoʻnalishlarda mukofotlar olganligi maqolada koʻrsatilgan ekan.
- Shirin Abdullayeva:
- – Shaxsning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida milliy axborot, professional va koʻngilochar davriy nashrlarda, ensiklopediyalarda, ommabop televideniye va radio dasturlarida („Yulduzlar fabrikasi“ realiti-shousidan tashqari va boshqa shunga oʻxshashlar), nufuzli internet-manbalarda yoritilgan boʻlsa. Ushbu mezon boʻyicha koʻrsatilganlarni barchasida yoritilmagan boʻlsada jurnal, uza.uz; Oʻzbekiston talabasi jurnali, Omon-omon koʻrsatuvi, NTV kabi saytlar, nashrlar, televideniya dasturlari, shoularda yoritilgan faqat manbalar yetarli, aniq va toʻliq joylashtirilmagan. Qoʻshimchasiga xitoycha manbalar ham borligi va xitoy tilidan bilimim boʻlmagani sabab kiritilmay qolgani uchun kurashdim. Xalqaro tanlov, festivallarda qatnashgani grandprilar yutgani, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga doir muhim tadbirlarda qatnashgani haqida maʼlumot yozilgan uza.uz da lekin asoslanmagan. Roʻl oʻynagan filmlari va koʻp prosmotr toʻplagan kliplari boʻyicha asos izladim (Merosxoʻr filmi boʻyicha kun.uzdan manba topa oldim halos shuning uchun munozara va guruhda shu haqida soʻradim.
- Savollaringizga javoblarim shulardan iborat. Panda D (munozara) 19:21, 12-Iyul 2024 (UTC)
Vikipediyada tanaffus boʻlgach unga qaytish mumkin emasmi?
– mumkin emas demadim. Shunchaki, qaytishingiz bilan buyurtma hidi kelayotgan kontentni zoʻr berib tahrir qila boshlaganingiz shubhali. Bugunga qadar yaratgan 1 000 tacha maqolangiz deyarli toʻliq aholi punktlari haqida boʻlib (boʻlganda ham deyarli hammasi chala, qolip maqola), shaxsiyat biografiyalariga birdaniga qiziqa boshlaganingiz shubhali.Toʻgʻri bu shubhali tuyulishi mumkin, lekin nega aynan shuncha muddat tegilmagan maqola tahrir qilingach tengidan oʻchirishga taklif qilib qolingani manga ham qiziq boʻldi.
– qingʻir ishning qiyigʻi qirq yilda ham chiqadi. Istalgan foydalanuvchi istalgan maqolani istalgan paytda tahrir qilishi, asosi boʻlsa, oʻchirishga nomzod qilishi mumkin.ammo undan oldin ham tahrirlar boʻlgan
– shunchaki boʻsh iddao qilmay, link berishni, asoslashni oʻrganing.oʻchirishga berilgan munozarada savol berdim, yaʼni man shu maʼlumotlarni ensiklopedik holatda qayta tahrirlab kiritsam va manba topa olsam qanday boʻladi deb ammo aynan bu savolga javob olmadim
– patrullovchi statusini olmoqchi boʻlgan odam bunday savolga oʻzi javob bera oladigan darajada Vikipediya qoidalarini oʻzlashtirgan boʻlishi kerak.- Umuman olganda, javobingiz uzundan-uzoq, ammo tayinli gap yoʻq. Bundan tashqari, qoidalardan iqtiboslar bilan oʻz fikrlaringizni alohida ajratmaganingiz uchun javobingiz tushunarsiz.
- Qisqasi, patrullovchi statusini olish uchun yetarli tajribaga ega emassiz. Shunday ekan, nomzodingizga keskin qarshiman. Dastlab sifatli kontent yarating, Vikipediya qoidalarini yaxshilab oʻzlashtiring. Nataev munozara 14:24, 13-Iyul 2024 (UTC)
Buyurtma hidi
masalasida shubhali tuyulgan har narsa haqiqat boʻlmasligini oʻzingiz ham yaxshi bilsangiz kerak, shaxsiyatlar bilan buyurtma asosida kelishuv yoki qandaydir holatlar mavjud emas. Agar buyurtma boʻyicha ishlash niyatim boʻlganda bu ishni faol paytim qilgan boʻlar edim.Chala maqolalar va qolip maqolalar
koʻpligiga ham eʼtirozim yoʻq.Qing'ir ish va uning qiyig'i borasida
bu qingʻir ishmi yoki ish emasmi u haqida maʼlumotga ega boʻlmaganman. Tahrirlashi va nomzod qilishi boʻyicha eʼtirozim yoʻq shunchaki manga taʼqibdek tuyuldi. Aytganimdek tuyulgan hamma hislar ham haqiqat boʻlib chiqmaydi.Status borasida
agarda loyiq boʻlmasam demak loyiq boʻlgach bu statusni olaman, ammo patrullovchiga qoʻyiladigan talablarda (maqola nomfazosida kamida 100 ta tahrir, kamida 1 oylik tarjiba, sizda patrullash talablarini tushunish va boshqa foydalanuvchilar tahrirlarini baholash uchun yetarli tajriba borligi) siz yozgan talablar yoʻq ekan bu holatda patrullovchi talablarini yangilab qoʻyish kerak. Chunki faol boʻlgan paytlarim maqolalarni kuzatish, tekshirish, tahrirlash, xatoliklarini aniqlash, gʻalizliklari va shu kabilar borasida tajriba toʻplaganman, tahrirlar tarixida bu kabi holatlarni koʻrish mumkin.Qoidalardan iqtibos qilib keltirgan fikrlarim
siz istagan tarzda „style“ berilmagani yoki alohida ajratilmagani uchun sizga tushunarli boʻlmagan boʻlishi mumkin, lekin istalgan kompyuter yoki matn bilan ishlagan odamga tushunarli holatda yozilgan.
- Quyida ularni alohida ajratib koʻrsatdim tanishib chiqishingiz mumkin:
- – endi VP:BIO bandlariga oʻtsak:
- Bahodir Abdullayev: VP:BIZ boʻyicha qarasak:
- – taʼsischi, uzoq muddatli (bir necha yillar davomida) yagona rahbar, yirik mintaqaviy monopolistlar (ichki metallurgiya bozorida), milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatgan (tashqi davlatlar bilan aloqa oʻrnatish, investorlar olib kirish va hokazo) kabilar boʻyicha orginfo.uz (https://orginfo.uz/search/founders/?q=ABDULLAYEV%20BAXODIR%20TOJIMIRZAYEVICH) kabi norasmiy saytlardan maʼlumotlar topdim faqat bu saytlar saytdagi koʻrsatilgan maʼlumotlar uchun javobgar emasman mazmunidagi ogohlantirishlar borligi sabab oʻchirishga berilgan munozarada savol berdim, yaʼni man shu maʼlumotlarni ensiklopedik holatda qayta tahrirlab kiritsam va manba topa olsam qanday boʻladi deb ammo aynan bu savolga javob olmadim, yana qoʻshimchasiga tadbirkorlik yoʻnalishida davlat mukofoti olganligi uchun ham shu mezonlar asosida munozara qildim.
- Gulbahor Tojimirzayeva: VP:BIZ boʻyicha qarasak:
- – taʼsischi (norasmiy manba, https://orginfo.uz/search/founders/?q=TOJIMIRZAYEVA%20GULBAXOR%20BAXODIR%20QIZI#google_vignette), milliy iqtisodiyot, yirik mintaqa yoki yirik sanoat iqtisodiyotiga shaxsiy taʼsir koʻrsatgan (chet el davlatida shaxsiy kompaniyasiga asos solib shu orqali Oʻzbekiston bozoriga investor olib kirganligi va shu kabi maʼlumotlar bor faqat toʻlaqonli nufuzli manbaga ega emas), darajasini aniq yuqoriligi haqida manba topolmadim lekin Xitoy davlatidagi tajribasi va tahsil olgan sohasi boʻyicha menejment va bozor iqtisodiyoti boʻyicha mutaxassis, ularning korxona natijalariga sezilarli taʼsiri boʻyicha ham maʼlumotlar bor faqatgina ensiklopedik holatda yozish kerak, yana qoʻshimchasiga tadbirkorlik va shunga oid yoʻnalishlarda mukofotlar olganligi maqolada koʻrsatilgan ekan.
- Shirin Abdullayeva:
- – Shaxsning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida milliy axborot, professional va koʻngilochar davriy nashrlarda, ensiklopediyalarda, ommabop televideniye va radio dasturlarida („Yulduzlar fabrikasi“ realiti-shousidan tashqari va boshqa shunga oʻxshashlar), nufuzli internet-manbalarda yoritilgan boʻlsa. Ushbu mezon boʻyicha koʻrsatilganlarni barchasida yoritilmagan boʻlsada jurnal, uza.uz; Oʻzbekiston talabasi jurnali, Omon-omon koʻrsatuvi, NTV kabi saytlar, nashrlar, televideniya dasturlari, shoularda yoritilgan faqat manbalar yetarli, aniq va toʻliq joylashtirilmagan. Qoʻshimchasiga xitoycha manbalar ham borligi va xitoy tilidan bilimim boʻlmagani sabab kiritilmay qolgani uchun kurashdim. Xalqaro tanlov, festivallarda qatnashgani grandprilar yutgani, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga doir muhim tadbirlarda qatnashgani haqida maʼlumot yozilgan uza.uz da lekin asoslanmagan. Roʻl oʻynagan filmlari va koʻp prosmotr toʻplagan kliplari boʻyicha asos izladim (Merosxoʻr filmi boʻyicha kun.uzdan manba topa oldim halos shuning uchun munozara va guruhda shu haqida soʻradim.
- Bahodir Abdullayev: VP:BIZ boʻyicha qarasak:
Shaxsiy fikr va xulosangiz borasida
keltirgan shaxsiy fikringiz va xulosangizni hurmat qilaman. Patrullovchi boʻlish uchun tajribam yetarli emasligi borasida toʻliq qoʻshila olmayman. Qoidalar masalasida yangi va oʻzgargan qoidalarni birma bir oʻzlashtirmoqdaman, lekin faol boʻlgan paytimdan beri oʻzgarmagan qoidalarni oʻzlashtirganman lekin takroran oʻqib chiqmoqdaman. Sifatli kontent yaratish boʻyicha fikringizga qoʻshilaman, lekin sifatsiz yaratilgan kontentlarni topish, tahrirlash va xatolarini toʻgʻirlash borasida ham faol boʻlish tarafdoriman. Fikringiz uchun tashakkur. Panda D (munozara) 15:57, 13-Iyul 2024 (UTC)siz yozgan talablar yo'q ekan bu holatda patrullovchi talablarini yangilab qo'yish kerak
– koʻrsatilgan talablarga javob beradigan istalgan foydalanuvchi avtomatik tarzda patrullovchi boʻla oladi degan bandi ham yoʻq. Foydalanuvchining hissasi va qobiliyati asosida xulosa chiqariladi.maqolalarni kuzatish, tekshirish, tahrirlash, xatoliklarini aniqlash, g'alizliklari va shu kabilar borasida tajriba to'plaganman
– mana bu tahriringizni olaylik. Shunchaki oshiqcha probel oʻchirilgan va boʻlim nomi toʻgʻrilangan, ammo „zarar etkazilgan“ kabi xato tuzatilmagan. Yaʼni, bu yerda arziydigan tahrir qilinmagan. Boshqa tahrirlaringiz ham bundan farq qilmaydi.istalgan kompyuter yoki matn bilan ishlagan odamga tushunarli holatda yozilgan
– passiv-agressiv gaplarga oʻrin yoʻq vikida.Patrullovchi bo'lish uchun tajribam yetarli emasligi borasida to'liq qo'shila olmayman
– sifatli kontent yaratmaganingizni, asosan stub yaratishingizni, qoidalarni yaxshi bilmasligingizni tan olib turgan bir paytingizda bu gapingiz bekor.- Bu orada uslub haqida gapirib, amalda andozani notoʻgʻri ishlatibsiz. TQ andozasi faqat foydalanuvchilar yozgan gaplardan iqtibos keltirayotganda qoʻllaniladi, boʻlim nomlarini ajratishda emas. Nataev munozara 19:32, 13-Iyul 2024 (UTC)
- TQ andozasini toʻgʻirlab qoʻydim, ajratishga qulay boʻlsin deb iqtibos keltirilmagan joyga ham qoʻygandim.
Boshqa tahrirlaringiz ham bundan farq qilmaydi
– Agarda barcha tahrirlarimni koʻrib chiqib shu fikrga kelgan boʻlsangiz, eʼtirozim yoʻq.passiv-agressiv gaplarga oʻrin yoʻq vikida
– agressiv ohangda yozmadim, sizga nisbatan agressivlik kayfiyati yoʻq.- Fikr va xulosalaringizni hurmat qilgan holatda sizga minnatdorchilik bildiraman. Boshqa tajribali foydalanuvchilar ham oʻz fikrlarini qoldirishsa xursand boʻlardim. Panda D (munozara) 02:42, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Deyarli yuz foiz chala, qolip maqola yaratgan, "also spelled" jumlasini "deb ham tilga olingan" oʻlaroq tarjima qiladigan foydalanuvchi patrullovchi statusini olishga loyiq emas. Yuqorida yozganimdek, avval sifatli kontent yaratish va munozaralarda faol qatnashish orqali tajriba orttiring. Buning ortidan yangidan status olishga nomzod boʻlishingiz mumkin. Nataev munozara 16:34, 17-Iyul 2024 (UTC)
Panda Dning qoidalarni toʻliq bilishi hamda tushuna olishiga shubha qilyapman. Nataev bergan savollarga javobi shu xulosaga kelish uchun asos boʻlmoqda. Jumladan, – taʼsischi, uzoq muddatli (bir necha yillar davomida) yagona rahbar, yirik mintaqaviy monopolistlar (ichki metallurgiya bozorida), milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatgan (tashqi davlatlar bilan aloqa oʻrnatish, investorlar olib kirish va hokazo) kabilar
deya asos keltirgan. Nomzodning fikriga qaraydigan boʻlsak, istalgan taʼsischi, uzoq muddatli yagona rahbar kabilar EAga ega boʻlishi mumkin ekan. Holbuki, qoidaning asl matni Taʼsischilar, uzoq muddatli (bir necha yillar davomida) yagona rahbarlar va yirik kompaniyalar nazorat qiluvchi aksiyalar paketi egalari, agar mustaqil nufuzli manbalar bu shaxsning kompaniyadagi faoliyati global, milliy iqtisodiyot, yirik mintaqa yoki yirik sanoat iqtisodiyotiga shaxsiy taʼsir koʻrsatganini tasdiqlasa. tarzida ifoda etilgan. Bundan kelib chiqib tushunishimcha, nomzod istalgan maqolaning EAga ega yoki ega emasligi borasida xulosa qilishda toʻliq qoida emas, balki qoida kontekstiga qarab ish koʻrmoqda. Ayni shu boʻyicha Panda Dning oʻzi ham izoh berib oʻtishini soʻrardim. Shuningdek, bir oilaning uch aʼzosi bilan bogʻliq holatda ham VP:MZga yoʻl qoʻygandek koʻrinmoqda. Bu kabi ziddiyatli nomzodni oʻzbekcha Vikipediyadagi statusga munosib emas deb bilaman. Lazizbek95 (munozara) 16:35, 17-Iyul 2024 (UTC)
- @Lazizbek95 rahmat! Panda D (munozara) 05:13, 18-Iyul 2024 (UTC)
Panda D, 2022-yil 29-avgust kuni „eski holiga qaytaruvchi“ statusiga oʻz nomzodliginigizni koʻrsatgansiz va bayroqni olgansiz. Deyarli 2 yil davomida eski holiga qaytarish va antivandaldan qanchalik foydalandim deb hisoblaysiz? Muzaffar Murodovich (munozara) 08:06, 6-avgust 2024 (UTC)
- @Muzaffar Murodovich Bu savolni bu yerda berayotganingiz ajablanarli, vaholanki bilgingiz kelgan ekan javob beraman. Antivandalga kelsak manimcha u 2023-yildan ishlashni boshlagan, bu uskunadan faqatgina zarur bo'lganda foydalanaman. Eski holiga qaytarish amallarini faqat juda to'g'irlab bo'lmas va aniq vandalizm vaziyatlardagina ishlataman, chunki to'g'irlashni imkoni bor narsani to'g'irlashni va foydalanuvchiga bu haqida o'rgatishni foydaliroq deb bilaman. Chunki aksariyat holatlarda status olgan foydalanuvchilarda to'g'irlash imkoni bo'lgan vaziyatlarda ham qandaydir sabablarga ko'ra statusdan foydalanish holatlarini ko'p kuzatganman. Panda D (munozara) 09:51, 6-avgust 2024 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman Ibrohimjon 06:27, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Bergan savolimga javobdan qoniqish hosil qilib, ushbu statusga loyiq deb hisoblayman Komilhuja 11:37, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Oʻzbekcha vikipediyada yangi yaratilgan maqolalar bilan tanishib, ularni tahrirlash va saralash uchun qilgan harakatlaringizga guvoh boʻlganim uchun sizni ushbu statusga munosib deb hisoblayman. Malika Bobonazarova (munozara) 17:38, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Sizning yozgan maqolalaringizni koʻrganman va qilayotgan ishlaringizni kuzatib ham turibman. Shuning uchun ushbu statusga mos foydalanuvchi ekanligingiz uchun sizga oʻz xolis ovozimni beraman. Xayriniso 22:53, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 16:28, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Kuwanishbek (munozara) 16:35, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Murotov (munozara) 16:36, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Javoxir Yorqulov (munozara) 16:41, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Biypona (munozara) 16:44, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Diyora Iskandarova (munozara) 17:02, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Aysabirlijol (munozara) 03:39, 13-Iyul 2024 (UTC)
- Bu foydalanuvchi oxirgi 8-iyul kuni tahrir qilgan. 13-iyul kuni esa faqat shu yerda ovoz bergan. Oʻshandan beri tahrir qilgani yoʻq. Bunaqa ovozlarni hisoga olib boʻlmaydi. Nataev munozara 16:58, 17-Iyul 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda Qarshiman Lazizbek95 (munozara) 17:05, 17-Iyul 2024 (UTC)