Vikipediya:Oʻch olmang
Siz biror foydalanuvchi tomonidan nishonga olinishingiz mumkin. Bu holat odatda biror tahrirni ortga qaytarganingiz tufayli kelib chiqadi. Agar siz bilan shu kabi holatlar sodir boʻlsa, bilib qoʻyingki, hech qachon oʻch olishga urinish yaxshi fikr emas. Qasos olish sizni katta muammolarga duchor etishi mumkin. Xususan, agar siz Vikipediyada boshqa odamlarga nisbatan jahl qilishga moyil boʻlib, avval buning uchun bloklangan boʻlsangiz, bu holat sizni salbiy oqibatlar tomon yetaklashi tabiiy. Va agar tahrirlashni davom etsangiz, vaqtingizning 99% tahrirlar jangi bilan davom etish ehtimoli bor. Agar Vikipediyada yoki boshqa onlayn saytlarda gʻazablansangiz, bunday holatlardan uzoqroqda yuring va oʻzingizga biroz dam bering. Agar oʻzingizga dam berishni istamasangiz (ayrim sabablarga koʻra) boshqa biror narsa bilan chalgʻishga harakat qiling. Oilangiz yoki doʻstlaringiz bilan suhbatlashing. Biroz dam oling va yoki shunchaki hordiq chiqaring. Unutmang, boshqalarga jahl qilib, ulardan oʻch olishga urinish yaxshi fikr emas.
Hujumlarga javob choralari
[manbasini tahrirlash]- Oʻch olmang
- OʻCH olmang
- OʻCH OlMANG (Gapni tushuning)