Vikipediya:Noerkin kontent
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikipediyaning maqsadi erkin kontentli ensiklopediya boʻlishdir. Erkin kontent deganda, har qanday maqsadda (hatto tijorat maqsadlarida ham) tarqatish, oʻzgartirish va yaxshilashda mualliflik huquqlari bilan bogʻliq cheklovlar boʻlmagan kontent tushuniladi. Ushbu kriteriylarga javob bermaydigan har qanday kontent esa noerkin (erkin boʻlmagan), deb ataladi. Noerkin kontent mualliflik huquqlari bilan toʻliq himoyalangan yoki „tijoriy maqsadlarda foydalanilmasin“, „faqat Vikipediyada foydalanilsin“ singari cheklovlarga sohib barcha kontentni (jumladan, tasvirlarni ham) oʻz ichiga oladi. (Odatda erkin litsenziyali boʻlgan tasvirlar ham Vikipediya maqsadlari uchun „noerkin“ boʻlishi mumkin.) Jamgʻarma mana bu yerda tasvirlangandek „erkin“ taʼrifidan foydalanadi.