Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Kotiblar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kotiblar yoki Klerklar – Vikipediya foydalanuvchilari boʻlib, ularning vazifasi Arbitraj qoʻmitasiga mazkur qoʻmitaning maxsus sahifalarini aktual holatda saqlashda koʻmaklashish, shuningdek, foydalanuvchilarga arbitrajga oid arizalar boʻyicha maslahat berishdan iborat. Ularning vazifalari faqat arbitrajga ariza berish va shu kabi ishlarda yordam koʻrsatish bilan cheklanadi. Bunda kotiblar Arbitraj qoʻmitasining muhokamalariga kirish huquqiga ega emas.

Kotiblarning vazifalari

[manbasini tahrirlash]
  • Foydalanuvchilarni kuzatishda texnik yordam.
  • Sanksiyalar, tavsiyalar berish, qoʻmitaning boshqa ishchi sahifalarini toʻldirish va oʻzgartirish.
  • Arbitraj qoʻmitasi sahifalaridagi texnik ishlarni bajarish.
  • Hakamlik komissiyasining koʻrsatmalarini bajarish. Koʻrsatmalar maxfiy maʼlumotlarga taalluqli boʻlmasligi kerak.
  • Soʻrov va xulosalarni turkumlash.
  • Agar bu hakamlarning hozirgi tarkibiga toʻgʻri kelsa, soʻrovlarni muhokama qilishni tekshiruvdan oʻtkazish.

Kotiblarni tayinlash, ishlatish va kotiblikdan chiqarish mexanizmi

[manbasini tahrirlash]

Faqat Arbitraj qoʻmitasi klerklarni tayinlash va ozod etish, ularning soni va ushbu statusni olish uchun talablarni belgilashi mumkin. Har bir chaqiriqning Arbitraj qoʻmitasi saylovdan soʻng klerklarni tayinlash uchun oʻz talablarini shakllantirish va ularni hakamlar forumiga joylashtirish huquqiga ega.

Kotib statusini olishni xohlovchi foydalanuvchilar hakamlar forumida soʻrov berishlari kerak. Qaror hakamlarning konsensusi bilan bir hafta ichida qabul qilinadi.

Kotibning vakolat muddati yoʻq. Saylovdan soʻng, yangi hakamlar hozirgi kotiblar bilan ishlashni davom ettirish yoki yoʻqligini oʻzlari hal qilishlari mumkin.

Kotiblar va foydalanuvchilarning harakatlarini muvofiqlashtirish

[manbasini tahrirlash]

Hakamlar forumi kotiblar ishini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Agar soʻrovlar soni ortib ketsa, maxsus sahifa yaratilishi mumkin. Joriy kotiblarning roʻyxati maxsus andozada keltirilgan boʻlib, Arbitraj qoʻmitasi sahifasidan koʻrinadi.

Agar foydalanuvchi maʼlum bir soʻrov boʻyicha maslahat olishni xohlasa, hakamlar forumida kotiblarga soʻrov qoldirishi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlum bir kotib bilan bogʻlanishi mumkin.

Joriy kotiblar roʻyxati

[manbasini tahrirlash]