Vikipediya:Foydalanuvchi nomi siyosati
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Foydalanuvchi nomi siyosati oʻzbekcha Vikipediyada qanday turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilgani hamda nomaqbul foydalanuvchi nomlariga nisbatan qanday yoʻl tutish kerakligini tasvirlab beradi. Koʻp hollarda, bitta foydalanuvchi hisobidan faqat bir kishi foydalanishi kerak boʻladi.
Vikipediyada hisob yaratganingizda, sizdan oʻzingizga foydalanuvchi nomi tanlash talab etiladi. Siz tomoningizdan amalga oshirilgan tahrirlar foydalanuvchi nomingizga tegishli boʻladi (tizimga kirmagan paytingizda tahrir qilsangiz, IP-manzilingizni barcha koʻrishi mumkin boʻladi). Foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirish uchun mana bu yerda soʻrov qoldirishingiz mumkin.
Yangi foydalanuvchilar uchun koʻrsatmalar
[manbasini tahrirlash]Hisob yaratishda, foydalanuvchi nomi oʻlaroq haqiqiy ismingizni tanlashingiz ham mumkin. Biroq, buning ortidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahlikalardan ogoh boʻlmogʻingiz lozim. Munozara sahifalarida xabar yozib, imzo chekkaningizda, foydalanuvchi nomingiz imzoingizda aks etadi. Imzolar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Vikipediya:Imzo sahifasiga nazar soling.
Hisob yaratgandan soʻng, boshqa vikipediyachilarga oʻzingiz haqingizda turli maʼlumotlarni yetkazishni istasangiz, „Foydalanuvchi:XXXX“ (bu yerda „XXXX“ — foydalanuvchi nomingiz) deb nomlanuvchi shaxsiy foydalanuvchi sahifangizni yaratishingiz mumkin. Shuningdek, istalgan foydalanuvchi oʻzining „Foydalanuvchi munozarasi:XXXX“ deb nomlanuvchi foydalanuvchi munozara sahifasini yaratishi mumkin. Foydalanuvchi munozara sahifangizdan boshqa vikipediyachilar siz bilan bogʻlanishda foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchi nomingiz boshqa foydalanuvchilarga noqulaylik tugʻdirmasligi hamda loyihaga zarar keltirmasligi zarur. Munozarali foydalanuvchi nomlari boshqa foydalanuvchilarda yomon taassurot qoldirishi mumkin va shu sababdan ham bundan saqlanishingiz lozim.
Nomaqbul foydalanuvchi nomlari
[manbasini tahrirlash]Haqoratomuz foydalanuvchi nomlari
[manbasini tahrirlash]Quyidagi turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilmaydi:
- Boshqa foydalanuvchilarni tahqirlashi mumkin boʻlgan foydalanuvchi nomlari (masalan, haqoratomuz soʻzlarni oʻz ichiga olgan yoki munozarali voqea-hodisalarga ishora qiluvchi foydalanuvchi nomlari)
- Igʻvo solishga qaratilgan foydalanuvchi nomlari.
Reklamani ifodalovchi foydalanuvchi nomlari
[manbasini tahrirlash]Quyidagi turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilmaydi:
- Shirkat, musiqiy guruh, muassasa yoki mahsulot nomlarini ifodalovchi foydalanuvchi nomlari (masalan, TownvilleWidgets, MyWidgetsUZB.com, TrammelSanʼatMuzeyi). Ayrim hollarda bu kabi nomlarni oʻz ichiga olgan foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilishi mumkin. Bunda, tegishli foydalanuvchi nomi reklamani ifodalamasligi talab etiladi.
- Tijorat maqsadlaridagi veb-sayt(lar)ni targʻib qiluvchi e-pochta yoki URL-manzillarini oʻz ichiga olgan foydalanuvchi nomlari (masalan, „Quyoncha@namuna.com“ va „Namuna.com“). Agar maqsad shunchaki foydalanuvchini shaxs oʻlaroq tanib olish boʻlsa, bunday turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilishi mumkin.