Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Arxiv/Takliflar/2014

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqolalarga rasmlar qoʻshish

[manbasini tahrirlash]

Mening taklifim shuki: Barcha Vikipediyachilardan iltimos qilaman, maqola yaratganda yoki tahrir qilganda unga rasmlar qoʻshing, shuningdek maqolani boshqa tillar bilan bogʻlang (bu asosan Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasidan olingan maqolalarga tegishli). StatisksExpert (munozara) 14:02, 20 mart 2014 (UTC)

  • Vikipediyada faqat erkin fayllardan foydalanish mumkinligi uchun, doim ham maqolalarni rasm bilan bezash imkoniyati bor emas. Maqolani boshqa tildagi versiyasiga ulash uchun esa Vikidata loyihasidan foydalanish qulay. --Sociologist--munozara-- 16:29, 3-Aprel 2014 (UTC)


Maqolalar nomlari

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum, shaxs yoki jismning nomining xato yozilishlarini oʻchirishni taklif etaman. Masalan: „Muhammad yusuf“. Mening taxminimcha bu loyiha darajasini oshiradi va qidiruv tizimlarida saytni topishida qoʻl keladi. Sizning fikringgiz qanday? --Sf7.uz (munozara) 13:38, 3-Aprel 2014 (UTC)

  • Muhammad yusuf“ kabi yoʻnaltirishlar nomida orfografik xato borligi sababi bilan tezda oʻchirilishi lozim. --Sociologist--munozara-- 16:29, 3-Aprel 2014 (UTC)
  • Yordam sifatida koʻrib qolgan yoʻnaltirish sahifalari tepasiga {{delete}} andozasini joylashtirishingiz mumkin --Xusinboy Bekchanov (munozara) 06:25, 4-Aprel 2014 (UTC).
    • Sociologist, Xusinboy Bekchanov, yordaminggiz uchun rahmat!--Sf7.uz (munozara) 01:36, 10-Aprel 2014 (UTC)