Vikipediya:Birlashtirish
Qiyofa
(Vikipediya:BIRLASHTIRdan yoʻnaltirildi)
Birlashtirish bir necha sahifani bir sahifaga toʻplab, birlashtirishdir.
Sabablari
[manbasini tahrirlash]Birlashtirishga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
- Takror — tamoman ayni mavzuda bir necha sahifa mavjud.
- Oʻxshash — bir-biriga juda oʻxshash mavzularda bir necha sahifa mavjud. Vikipediya lugʻat emas; olamdagi har bir narsa haqida alohida maqola boʻlishi shart emas. Masalan, „yonish“ va „yonmaslik“ haqidagi maqolalarni „yonish“ maqolasiga birlashtirish mumkin.
- Qisqa — agar sahifa juda qisqa boʻlsa va uni yaqin kelajakda kengaytirish iloji boʻlmasa, uni tegishli kengroq mavzuga oid sahifaga qoʻshish mantiqlidir. Masalan, mashhur kishining bolalari haqidagi maqolalar qisqa boʻlsa, ularni oʻsha kishi haqidagi maqolaga alohida boʻlim qilib qoʻshish mumkin.
Quyidagi shartlarda birlashtirish bajarilmaydi:
- Hosil boʻladigan maqola juda uzun va aralash-quralash boʻlsa.
- Mavzular bogʻliq boʻlsa ham ularni alohida keng yoritish iloji bor.
Andozalar
[manbasini tahrirlash]Birlashtirilishi lozim boʻlgan maqolalarga {{merge}} andozasini qoʻshing.