Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:AutoWikiBrowser/Foydalanuvchi qoʻllanmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asosiy tartib

AutoWikiBrowser (AWB) dan foydalanishning asosiy tartibi quyidagicha:

  1. AWBga foydalanuvchi sifatida kiring.
  2. Tahrir qilmoqchi boʻlgan sahifalaringiz roʻyxatini tuzing.
  3. Tegishli opsiyalarni oʻrnating (har bir sahifada nima qilish kerakligini koʻrsating).
  4. Jarayonni boshlang.

Kirish

Tizimga kirish uchun quyidagicha kirishni amalga oshiring: File → Login. Keyin AWB oynasining yuqori qismida standart Vikipediyaga kirish oynasi ochiladi. U yerga oʻzingizning foydalanuvchi nomingiz va parolingizni kiriting. Soʻngra „Kirish“ tugmachasini bosing.

  • AWB Internet Explorer IE logindan foydalanadi. Agar sizda turli xil hisoblar (akkauntlar) mavjud boʻlsa, IEda Vikipediyadan chiqib, boshqa hisob bilan qayta kirishni amalga oshiring. Agar siz AWBni ishga tushirishni va bir vaqtning oʻzida 2 xil hisob yordamida qoʻlda oʻzgarishlarni amalga oshirishni xohlasangiz, botingiz uchun IEdan foydalaning hamda Firefox yoki Opera kabi boshqa brauzerlarda qoʻlda oʻzgarishlarni amalga oshiring.


Xavfsizlik protokollari

HTTPS protokoli barcha Vikimedia Jamgʻarmasi vikilari uchun foydalaniladi (Vikipediya, Vikimanba va hk). Agar siz maxsus vikini tahrir qilsangiz, sayt moslamalari orqali protokolni tanlashingiz mumkin.

2FA

AWBni ikki faktorli autentifikatsiya (2FA) bilan taʼminlangan hisob qaydnomasidan foydalanish uchun quyidagi sahifa bilan tanishib chiqing: en:Wikipedia:Using AWB with 2FA.

Asosiy menyular

Plaginlar

  • Load… — AWB ishlayotgan paytda foydalanuvchiga AWBga yangi plaginlarni ochish/yuklash imkonini beradi.
  • Manager… — Joriy AWBga yuklangan barcha plaginlar roʻyxatini koʻrish.

Roʻyxat tuzish

Ushbu panel, tahrirlash uchun sahifalar roʻyxatini tuzadi.

  • Categories on page — Sahifalar (maqolalar va ostturkum sahifalar) roʻyxatiga kiritilgan har bir turkumni koʻrib chiqadi.
  • Categories on page (no hidden cats) — Koʻrsatilgan sahifadagi turkumlarni roʻyxatlaydi, biroq yashirin turkumlarni olib tashlaydi.
  • Categories on page (only hidden cats) — Faqat koʻrsatilgan sahifaning yashirin turkumlarini roʻyxatlaydi.
  • Category — maqolalar va ostturkumlar roʻyxati.
  • Files on page — Sahifadagi barcha fayllar roʻyxatini oladi.
  • Google search — Google viki-qidiruv tizimidagi sahifalar roʻyxatini oladi; koʻpi bilan 100 ta natijani taqdim etiladi.
  • Make list — Taqdim etilgan opsiyalar asosida roʻyxat tuzadi; agar roʻyxat allaqachon mavjud boʻlsa, yangisi qoʻshiladi.
  •  — Ushbu tugma roʻyxat tuzilayotganda, tugmasi yonida paydo boʻladi. Ushbu tugmani bosish bilan har qanday joriy roʻyxat toʻxtaydi.
  • Add — Roʻyxatdagi matn maydoniga element qoʻshadi.
  • Remove — Tanlangan element(lar)ni roʻyxatdan olib tashlaydi.
  • Filter — Roʻyxatni filtrlashga imkon beradi. Shu jumladan, siz bunda boshqa roʻyxatdagi narsalarni va dublikatlarni olib tashlashingiz mumkin boʻladi. Matnli fayldan boshqa roʻyxatda filtrlashda, matnli fayl UTF-8 kodlangan boʻlishi kerak.

Opsiyalar

Umumiy

  • Auto tag — agar maqola yoʻnaltirilmasa, maqola nomfazosidagi quyidagi teglarni qoʻshadi/olib tashlaydi:
Auto tag tuzatishlar roʻyxati haqida batafsil tanishish uchun quyidagi maqolani oʻqing: Vikipediya: AutoWikiBrowser/Umumiy tuzatishlar.
  • Apply general fixes — Agar shu opsiyani belgilasangiz, umumiy tuzatishlar qoʻllaniladi. Ushbu opsiyani maxsus modul bilan almashtirish orqali umumiy tuzatishlarni oʻchirib qoʻyish ham mumkin (qarang Maxsus modullar: „Umumiy tuzatishlar“ ga moslashtirilgan).
Umumiy tuzatishlar roʻyxati haqida batafsil tanishish uchun quyidagi maqolani oʻqing: Vikipediya: AutoWikiBrowser/Umumiy tuzatishlar.
  • Unicodify whole page — ° kabilarni ° bilan almashtiradi.
Eslatma: Boshqalari bilan osonlikcha aralashtirilish mumkin boʻlgan belgilar uchun konversiya qoʻllanilmaydi.

Topish va almashtirish

  • Enabled — Agar belgilansa, Normal, Advanced va subst yoqiladi: topish va almashtirish.
  • Normal settings („Normal sozlamalar“) — AWB Normal Find and replace („Normal topish va almashtirish“) ni ochadi.
Bu haqda batafsil bilmoqchi boʻlsangiz, Normal — Topish va almashtirish sahifasi bilan tanishib chiqing.
  • Advanced settings („Yetuk sozlamalar“) — AWB Advanced Find and replace ni ochadi.
Bu haqda batafsil bilmoqchi boʻlsangiz, Advanced — Topish va almashtirish sahifasi bilan tanishib chiqing.
  • Template substitution („Andozani almashtirish“) — AWB almashtirish andozalarini ochadi. Bu opsiya siz tanlagan andozalarni almashtirishga imkon beradi. Bu regexlarni Find and Replace („Topish va almashtirish“) ga yozishdan koʻra qulayroq va ishonchli usuldir — AWB avtomatik ravishda regexlarni hosil qiladi.
Bu haqda batafsil bilmoqchi boʻlsangiz, subst: — Topish va almashtirish sahifasi bilan tanishib chiqing.

Boshlash

  • Summary — bu qisqa izoh boʻlib, ochiladigan oynadan birini tanlashingiz yoki oʻzingizning matningizni kiritishingiz mumkin.
  • Start — Sahifalar roʻyxati mavjud boʻlsa, jarayonni boshlaydi (Ctrl + S, biroq har doim Ctrl + G dan ham foydalaniladi)
  • Stop — Tahrirlash jarayonini toʻxtatadi (Esc)
  • False — Sahifani False positives.txt deb nomlangan faylda notoʻgʻri pozitivlar (false positives) roʻyxatiga qoʻshadi (View menyusiga oʻtib, ushbu tugmani yoqing va „Display false positive“ ni tanlang).
  • Preview — Koʻrishni oldindan koʻrishga oʻzgartiradi (va siz kiritgan qoʻshimcha oʻzgarishlarni yangilaydi).
  • Diff — Koʻrishni farq koʻrinishida oʻzgartiradi (va siz kiritgan qoʻshimcha oʻzgarishlarni yangilaydi).
  • Watch — Kuzatuvchi roʻyxatingizga sahifa qoʻshadi.
  • Move — Faqat administratorlar foydalanishi mumkin. Sahifani boshqa joyga koʻchirishga imkon beradi. Ushbu tugmani bosgandan soʻng, yangi joyni va oʻzgarishlarning qisqa izohini soʻraydigan oynalar paydo boʻladi, keyin esa yana „Move“ tugmasini bosish bilan tasdiqlanadi. Qoʻllab-quvvatlanadigan opsiyalar: „yoʻnaltirilmagan“ va „kuzatuv sahifasi“, ikkalasi ham sukut boʻyicha oʻchirilgan.
  • Protect — Faqat administratorlar foydalanishi mumkin. Sahifalarni himoyalash/himoyadan chiqarish ga ruxsat beradi.
  • Delete — Faqat administratorlar foydalanishi mumkin. Ushbu opsiya sahifani oʻchirishga imkon beradi. Ushbu tugmani bosgandan soʻng, oʻzgarishlarning qisqa izohi soʻraladigan oyna paydo boʻladi, keyin yana „Delete“ tugmachasini bosish bilan tasdiqlanadi (Agar sahifa mavjud boʻlmasa, oʻchirilgan).
  • Skip — Hech qanday oʻzgartirishsiz keyingi sahifaga oʻtadi (Ctrl + I).
  • Save — Siz kiritgan qoʻshimcha oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan sahifani saqlaydi, soʻngra keyingi sahifaga oʻtadi (Ctrl + S).