Vicente Calderón stadioni
UEFA | |
Toʻliq nomi | Estadio Vicente Calderón |
---|---|
Oldingi nomlari |
Estadio Manzanares (1966—1971) |
Manzili | Arganzuela, Madrid, Ispaniya |
Koordinatalari | 40°24′6.19″N 3°43′14.18″W / 40.4017194°N 3.7206056°W |
Sigʻimi | 62 000[1] |
Maydon oʻlchami | 105 m × 70 m (115 yd × 77 yd) |
Konstruksiya | |
Buzilgan joy | 3-avgust, 1959-yil |
Ochilgan | 2-oktyabr, 1966-yil |
Yangilangan | 1972, 1982 |
Yopilgan | 28-may, 2017-yil |
Buzilgan | 13-fevral 2019-6-iyul 2020 |
Arxitektor |
Javier Barroso Miguel Ángel García Lomas |
Ijarachilar | |
Atlético Madrid (1966—2017) |
Vicente Calderón (ispancha: Estadio Vicente Calderón) — 54,907 tomoshabinlar sigʻimiga ega stadion. Maydon 1966-yildan 2017-yilgacha Atletiko Madrid jamoasining uy stadioni boʻlgan. Ushbu stadion Ispaniyaning Madrid shahridagi Arganzuela hududidagi Manzanares daryosi qirgʻogʻida joylashgan.
Stadion avvaliga Estadio Manzanares deb nomlangan, keyinchalik esa uni uzoq muddat boshqargan Prezident Vicente Calderón sharafiga nom Vicente Calderón Stadiumga oʻzgartirilgan[2]. Stadion 2017-yil La Liganing 2016—2017-yilgi mavsumidan soʻng, Atletiko Madridning Metropolitano Stadioniga koʻchishi munosabati bilan yopilgan. Buzish ishlari esa 2019-yilda boshlanib, bir yilda yakuniga yetgan.
Visente Calderón stadioni 1966-yilda ochilganda 62,000 insonni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilgi Jahon Chempionati sababli esa qoʻshimcha 4000ta oʻrindiq qoʻshilgan va 1982-yildan 2001-yilgacha 66,000 muxlisni sigʻdirgan. 2001-yildan keyin to 2017-yilda yopilguniga qadar, stadionda kichik qisqartirish ishlari boʻlgan va sigʻim 55,000dan kamroqni tashkil qilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion qurilishi El Metropolitano stadioni oʻrniga 1956-yildan boshlangan, lekin moliyaviy kamchiliklar tufayli qoldirilgan. Maydon Estadio del Manzanares nomi ostida 1966-yilda ochildi hamda 1972-yilda bu nom Vicente Calderónga oʻzgartirildi[3]. 1966-yildda ochilganida 62,000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilda Jahon chempionati tufayli yanada koʻproq odam sigʻimi talab qilindi va 66,000 tagacha koʻpaytirilgan. Ushbu koʻrsatkich 2001-yilgacha saqlab qolindi. Shundan keyin stadion qadam-baqadam maʼlum vaqtlar davomida kichraytirilgan.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estadio Vicente Calderón Manzanares daryosi boʻyida joylashgan. Stadionga eng yaqin metro bekati Line 5 dagi Pirámides hisoblanadi[4].
Copa del Rey finallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estadio Vicente Calderón 14 marta: 1973, 1974,1975,1977, 1979, 1981, 1986, 1989, 1994, 2005, 2008, 2012, 2016 va 2017-yillardagi Copa del Rey finallariga mezbonlik qilgan.
1982-yilgi FIFA Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatining 3ta oʻyiniga mezbonlik qilgan:
Sana | № 1 jamoa | Natija | № 2 jamoa | Bosqich |
---|---|---|---|---|
1982-yil 28-iyun [5] | Avstriya | 0-1 | Fransiya | D guruhi |
1982-yil 1-iyul [6] | Avstriya | 2-2 | Shimoliy Irlandiya | |
1982-yil 4-iyul [7] | Shimoliy Irlandiya | 1-4 | Fransiya |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vicente Calderón“. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.
- ↑ „Vicente Calderón stadioni“. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „"Atletiko"ning Manzanaresga qilgan transferi“ (1-oktabr 2016-yil). 1-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Estadio Vicente Calderón“ (30-dekabr 2012-yil). 30-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Austria-France“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
- ↑ „Austria-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
- ↑ „France-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup - Spain. FIFA. 2019-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Vicente Calderón stadioni haqida turkum mavjud |
- Estadios de España
- Stadium Guide Article
- Stadium photos at World Stadiums (Wayback Machine saytida 2012-06-22 sanasida arxivlangan)