Kontent qismiga oʻtish

Vera Artamonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vera Ivanovna Artamonova (1923—1994) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, sovet ayol mergani, umumiy hisobda 89 ta dushman askarlarini yoʻq qilgan.

1923-yil 24-avgustda Ryazan viloyati Miloslavskiy tumanidagi Yermolovka qishlogʻida tavallud topgan. Keyin oilasi bilan Leningrad shahriga koʻchib oʻtgan, u yerda otasi konkachi va tramvay haydovchisi boʻlib ishlay boshlagan, Veraning onasi esa uy bekasi boʻlgan[1].

Vera Artamonovaning ota-onasi nemislar qoʻlida halok boʻlgan va Vera ota onasi uchun qasos nemislardan olishga qasam ichgan[2][3]. 1942-yil 7-dekabrda Vera Artamonova oʻz ixtiyori bilan Qizil Armiya safiga kirgan. Podolsk shahridagi Markaziy ayollar snayperlik maktabida tahsil olib, u yerni muvaffaqiyatli tamomlagan. 1943-yil 15-iyuldan harakatdagi armiya polkiga borib qoʻshilgan, 3-zarbdor armiyaning 153-armiya zaxira oʻqchi polkida yefreytor boʻlib xizmat qila boshlagan. Keyin 3-zarbdor armiyaning 21-gvardiya Nevel oʻqchi diviziyasi oʻqchi polkining 5-oʻqchi batalyoni mergani darajasiga koʻtarilgan. Velikiye lukidan Berlingacha boʻlgan harbiy yoʻlni bosib oʻtgan mergan ayol hisoblanadi[1]. Urush yillarida u 89 ta dushmanni yoʻq qilgan[4]. Vera Artamonova 3- va 2-darajali Shon-sharaf ordeni (1944-yil 26-yanvarda 30 ta oʻldirilgan dushman uchun mukofotga taqdim etilgan[5]), 2- va 1-darajali Ulugʻ Vatan urushi ordenlari, shuningdek, medallari bilan taqdirlangan kam soni ayollardan hisoblanadi[1].

1945-yil 13-sentyabrdan leytenant unvonida V. I. Artamonova harbiy xizmatdan ozod etilgan. Leningradda yashagan va ishlagan, jamoat ishlari bilan shugʻullangan, shahar faxriylar kengashi aʼzosi boʻlgan.

1994-yil 29-iyulda Leningradda vafot etgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Артамонова (Даниловцева) Вера Ивановна“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  2. „Минобороны к 8 марту опубликовало архивы о подвигах женщин-снайперов“ (ru). www.mk.ru. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
  3. Военно-исторический архив. Издательский дом "Грааль", 2006. 
  4. John Walter. The Sniper Encyclopaedia: An A-Z Guide to World Sniping. Casemate Publishers, 2019-02-28. ISBN 978-1-78438-242-1. 
  5. Алла Игоревна Бегунова. Ангелы смерти. Женщины-снайперы. 1941—1945. Издательство "Вече", 2014. ISBN 978-5-4444-8132-5.