Vengriya fanlar akademiyasi
Qiyofa
Vengriya fanlar akademiyasi — Vengriyaning oliy ilmiy muassasasi. 1825 yil tashkil etilgan. Budapesht sh.da joylashgan. 1949-yilgacha madaniymaʼrifiy va nashr etish ishlari bilan shugʻullangan. 1949-yil qayta tashkil etilib, Vengriya FA ga aylantirilgan. 1989 yildan Vengriya Respublikasi FA. Akademiya tarkibida turli fanlar boʻyicha boʻlimlar mavjud. Akademiyada 180 dan ortiq Akademik, 100 ga yaqin muxbir aʼzo, 160 dan ziyod faxriy aʼzo bor. Akademiya tarkibida 40 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta va ilmiy markaz ishlaydi. Akademiya bir qancha ilmiy jurnal va davriy nashrlar chiqaradi. Kutubxonasi (1826-yil tashkil etilgan) da 1 mln. ga yaqin asar saqlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |