Venesuela bayrogʻi
Venesuela bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Venesuela |
Mutanosibligi | 2:3 |
Qabul qilindi | 12-mart, 2006-yil |
Venesuela bayrogʻi - Bolivar Respublikasining davlat ramzlaridan biridir. Bu markazda 8 yulduzli uchta teng rangli chiziqlar (sariq, koʻk va qizil) bilan boʻlingan toʻgʻri toʻrtburchak paneldir. Bayroqning yaratilishi va uning barcha elementlarining maʼnosi Venesuela xalqining ispan hukmronligidan olib borgan milliy ozodlik harakati bilan chambarchas bogʻliq.[1]
Bayroq tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Venesuela 300 yildan ortiq Ispaniya hukmronligi ostida edi. 1797-yilda Manuel Gual va Xose Mariya España boshchiligida oq tanli, negroid, mulat va hindlarning ramzi boʻlgan oq, koʻk, qizil va sariq gorizontal chiziqi bayrogʻ ostida ispaniyaliklarga qarshi mustaqillik tarafdorlari fitnasi paydo boʻldi. Mustaqillik tarafdorlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsalar ham, kelajakda ozodlik harakati bayroqlarida bayroq ranglari (oq rangdan tashqari) ishlatilgan.
Keyinchalik uchta davlat — Venesuela, Kolumbiya va Ekvador bayroqlari yaratuvchisi Janubiy Amerika ozodlik harakatining taniqli rahbari Fransisko Miranda edi. Sariq, koʻk va qizil gorizontal chiziqlardan iborat bu bayroq birinchi marta 1806-yilda Miranda boshchiligidagi koʻngillilar guruhi Nyu-Yorkdan Janubiy Amerikaga yoʻl olgan Leander kemasida hilpiraydi. Sariq chiziq oltin va boshqa foydali qazilmalarga boy Amerika qitʼasini, qizil rang — Ispaniyaning qonli hukmronligini, koʻk — ularni ajratib turuvchi Atlantika okeanini ramziy belgisidir. Bu oltinga boy va gullab-yashnagan Lotin Amerikasi ozod boʻlishini va qonli Ispaniyadan okean bilan ajralib turishini anglatardi. Ushbu bayroq ostida 1810-yilda mustaqillik eʼlon qilishga urinish boʻldi, 1811-1812 va 1813 — 1814-yillarda birinchi va ikkinchi Venesuela respublikalari eʼlon qilindi . Xuddi shu bayroq ostida Simon Bolivar armiyasi 1816 — 1822-yillarda Venesuelani ispanlardan ozod qilib, vanihoyat mustaqillikka erishdi.[2]
1817-yildan beri bayroqning koʻk chizigʻidagi 7 (hozirda 8) yulduz mamlakatning 7 ta tarixiy provinsiyasini ifodalaydi: Karakas, Barinas, Barselona, Kumana, Margarita, Merida va Truxillo. Yulduzlarning joylashuvi va soni turli davrlarda har xil boʻlgan, ammo 20-asr boshlariga qadar ular koʻpincha markazda bitta yulduzli aylana shaklida joylashgan. Sakkizinchi yulduz 2006-yilda prezident Ugo Chaves tashabbusi bilan taqdim etilgan va Simon Bolivar sharafiga „Bolivar yulduzi“ deb nomlangan. Bundan tashqari, sakkizinchi yulduz Gayana -Essekibo hududlarini anglatadi.
Tarixiy bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Venesuela bayrogʻi 1810—1813
-
Venesuela bayrogʻi 1813—1817
-
Venesuela bayrogʻi 1817—1830
-
Venesuela bayrogʻi 1830—1836
-
Venesuela bayrogʻi 1930—1954
-
Venesuela bayrogʻi 1954—2006
-
Venesuela bayrogʻi 2006-yildan — hozirda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.fotw.info/flags/ve.html flag og venesuela
- ↑ https://www.britannica.com/topic/flag-of-Venezuela britannica flags