Kontent qismiga oʻtish

Vasliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim oʻgʻli) (1870 – Samarqand – 1925.29.10) – oʻzbek va tojik shoiri, maʼrifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Koʻkaldosh madrasalarida oʻqigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). Ulugʻbek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy toʻgarak ochib, unga homiylik qilgan (1918—22). V. milliy matbuotning shakllanishida faol qatnashgan. Maqola va sheʼrlari maorifni isloh qilish, millat ravnaqi kabi masalalarga bagʻishlangan. V. ijodiy merosidan 12000 misra sheʼr va „Armugʻoni doʻston“ (1909), „Asos ul-islom“ (1904), „Tuhfat ul-ahbob“ (1912), „Taʼlim va bildurmakning foydaluv oʻlmoqi“ (1914) kabi 25 risolasi yetib kelgan.

XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi Samarqand adabiy va maʼrifatparvarlik muhitining ulugʻ siymolaridan biri boʻlgan Saidahmad Vasliy 1870-yil Samarqand shahar Qoʻshhovuz mahallasida temirchi oilasida tugʻilgan. Ota-onasi yishlik yillaridan oilasida adabiy muhitni juda yaxshi taminlab berishgan.mAmmo otasida ertka yetim qoladi.

Yetti yoshligida otasi usta Azimdan yetim qolgan Saidahmad onasi qoʻlida tarbiyalanib, boshlangʻich maʼlumotni Mirzo Abdulhamid degan kishidan oladi va akasi usta Nurmuhammad qoʻli ostida temirchilik bilan shugʻullanadi. Oʻtkir zehnini payqagan togʻasi Abdulqosim Saidahmadni onasi bilan birga Toshkentga olib ketadi. U Koʻkaldosh madrasasida tahsil oladi.

Vasliyning maʼrifatparvar shoir boʻlib yetishishida Toshkent adabiy muhitining ahamiyati katta. Chunki u bu yerda Muqimiy, Furqat kabi shoirlarning ijodi bilan tanishadi va Toshkentdagi taraqqiyparvar shoirlar – Abdukarimbek Kamiy, Haybatulla Xislatlar ishtirok etadigan suhbatlar va mushoiralarda qatnashib, adabiy mahoratini oshira boradi. Togʻasining vafotidan soʻng u onasi bilan birga Samarqandga qaytadi va bir yildan keyin Buxorodagi Koʻkaldosh madrasasida oʻqishini davom ettiradi.

Vasliy Buxoroda boshqa yangi hayot bilan toʻqnashdi. Vasliy madrasada 10-15 yillab tahsil olsa ham savodsiz boʻlib qolaverardi. Chunki madrasalardagi oʻqish-oʻqitish ishlarida hech qanday maqsad va reja yoʻq edi. Shoir ana shu muhitni oʻrganib, madrasalardagi tartibsizliklar haqida maqolalar yozadi. Jumladan, „Taʼlim va bildurmakning foydaluv oʻlmogʻi“ maqolasida „Tabiiydurkim oning (oʻquvchi) aqli mushkul narsalarni bilmakdan ojizdur va qiyin soʻzni anglamoqdan qosirdur. Zehni katta va ogʻir iboradan shoshur, zeroki isteʼdodi anga chidamas va ancha qiyin va daqiq taʼbirdan qochur… Chunki maqsadi bilmak edi, bilolmadi qochdi va maqsadi bahra olmoq erdi, ololmadi. Ishda mudarris afandiga bir durust yoʻl boshlamoq munosibdur, toki shogirdi andin bahra olsin…“ („Al isloh“, 1917 yil, 6-son) deb mudarrislarning dars berish usullarini tahlil qilib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi. „…Hech kim ilm holigʻa boqmas, agʻniyolarga tanga va soʻm boʻlsa boʻlur..Uyalmoq ham yaxshi ishdur, millat, vatan ahvoligʻa boqmoq kerak“, deb oʻlkadagi qoloqlikdan afsuslanadi.

Vasliy Buxoroda ishlab yurgan vaqtida madrasa, maktablarning xarobligi, mudarrislarning tajribasizligini tanqid qilgani bois tazyiqqa uchrab, Samarqandga keladi. Dastlab Shohi Zinda, keyinchalik Orifjonboy madrasalarida mudarrislik qiladi va bir vaqtda asar yozish, nashr etish bilan shugʻullanadi. Uning asarlari katta aholi tomonidan iliq kutib olingan, oʻzining tinglovchilariga ega edi.

U bir vaqtning oʻzida turk, arab va fors tillarini mukammal oʻrganib shu tillarda ham faol ijod qilgan. Mana shuning oʻzi shoirning zukko olim va zullisonayn shoir ekanligidan dalolatdir.

Shoir faqirona hayot kechirgan boʻlsa-da uning hujrasi hamisha maʼrifatparvar shoirlar, adabiyot muxlislari bilan toʻla boʻlgan. U yosh isteʼdodlarga ham gʻamxoʻrlik qilgan. Masalan, Vasliy 1918-1922 yillar Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek madrasasida muallim tayyorlash kursi ochib, unda oʻzi yoshlarga dars bergan. Adabiy toʻgaraklar tashkil qilib, qalamkashlarga sheʼr yozish va adabiy mahorat toʻgʻrisida har tomonlama koʻmak va maslahatlar berib turgan. XX asrning 20-yillarida Samarqanddagi Tillakori madrasasida uning tashabbusi bilan adabiyot toʻgaragi uyushtirilgan.

Vasli milliy matbuotning shakllanishida faol ishtirok etdi. Uning bitik va sheʼrlari taʼlim islohoti, millat taraqqiyoti kabi mavzularga bagʻishlangan. Vasliy ijodiy merosidan 1914 yildagi „Armugʻoni doston“ (12000), „Asos ul-islom“ (1909), „Tuhfat ul-ahbob“ (1904), „Maʼrifat va ifodaning foydali oʻlimi“ kabi sheʼrlar turkumi. (1912) va 25 ta sharh bor edi.

Mudarris, olim, mutarjim, zullisonayn shoir Saidahmad Vasliy 1925-yilda Samarqandda vafot etgan. U yashagan yillari davomida turk va fors tillariga oʻzining katta hissasini qoʻshgan.

  • [1]
  • [2]
  • Imom Aʼzam tarixi, T., 1995.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. file:///C:/Users/user/Downloads/115-121.pdf. 
  2. „Vasliy Samarqandiy“.