Vasiliy Perovskiy
Vasiliy Alekseyevich Perovskiy (1795.19(20).2, Pochep shahri, hozirgi Bryansk viloyati - 1857.8(20).12, Alupka] — rus harbiy arbobi, general-adyutant (1833), kavaleriya generali (1843), graf-(1855-yildan). 1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushi va rus-turk urushi (1828—29)da qatnashgan. Imperator Nikolay 1 ga yaqin boʻlgan. 1832-1842 va 1851—1857 yillarda Orenburg guberniyasi harbiy gubernatori va alohida Orenburg korpusi komandiri. 1839—40 yilda josuslik maqsadida Xivaga qilingan yurishga rahbarlik qilgan, bu yurish muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan (qarang Perovskiy ekspeditsiyasi). 1853-yil rus qoʻshinlari Perovskiy qoʻmondonligi ostida Oqmachit qalʼasini (Perovskiy forti, keyinchalik Perovsk shahri, hozirgi Qizil oʻrda) egallaganlar. Sirdaryo boʻyida bir qancha istehkomlar qurganlar, bu Orol harbiy flotiliyasi barpo etilishi bilan bir qatorda keyinchalik Qoʻqon xonligini bosib olinishiga imkon bergan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |