Vasiliy Aleksandrov
Vasiliy Georgievich Aleksandrov | |
---|---|
Tavalludi |
24 may (5-iyun) 1887 va 24-may 1887 |
Vafoti |
1964-yil 16-yanvar (76 yosh) Leningrad, Rossiya SFSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya |
Taʼlimi | Sankt-Peterburg davlat universiteti |
Kasbi | Botanika, o'simliklar anatomiyasi, Professor |
Mukofotlari |
Vasiliy Georgievich Aleksandrov 1887-yil 24-may, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasida tavallud topgan. 1964-yil 16-yanvar, xuddi shu joyda (Leningrad) vafot etgan. Vasiliy sovet botaniki va o'simliklar anatomiyasi yo'nalishida yetuk shaxs bo'lgan[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1887-yil 24-mayda Sankt-Peterburgda tug'ilgan. Yoshligida u Imperator Sankt-Peterburg universitetiga o'qishga kiradi va u yerda, o'z bilimlarini yanada mustahkamlab o'qishini muvaffaqiyatli tarzda yakunlaydi[2].
1910-yillarning oxirida u professorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1920-yilda bir vaqtning o'zida ikkita universitetda - Tbilisi va Tomskda professorlik qiladi, u yerda 1929-yilgacha ishladi. 1929-yilda Vasiliy Aleksandrov Butunittifoq o'simlikchilik institutiga ishga bordi va u yerda o'simlik anatomiyasi laboratoriyasining mudiri etib tayinlandi. 1942-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Botanika institutida o'simliklar anatomiyasi va morfologiya kafedrasi mudiri bo'ldi.
1954-yilda u "O'simliklar anatomiyasi" darsligini nashr etdi, o'sha yilning boshida u o'simliklar anatomistlari maktablarini ochdi. 1964-yil 16-yanvarda Leningradda vafot etdi.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat Qizil Bayroq ordeni (06.10.1945)
Ilmiy ishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy ilmiy ishlari madaniy va yovvoyi o'simliklarning fiziologik anatomiyasiga: tolali, efirli, kauchuk, yog'li o'simliklar, kartoshka, dukkaklilar, kabi turlariga bag'ishlangan...
- U oʻsimliklarning oʻtkazuvchanlik tizimini, kalsiy oksalat kristallarining toʻplanishi va oʻzgarishini, yogʻochlanish va lignifikatsiya jarayonlarini, yashil plastidlarning tuzilishi va funksiyasini, mevalarning tuzilishi va rivojlanishini oʻrgangan.
- Fiziologik anatomiyaning asosiy tamoyillarini ishlab chiqadi hamda, anatomik xususiyatlardan filogenetik sistematika, genetika va seleksiyada foydalanadi.
- U barg izlari nazariyasiga katta hissa qo'shdi.
- Bast tolali oʻsimliklar poyasida tolani “grafik” aniqlash usullari ishlab chiqgan