Vang Yafan
Hozirgi yashash joyi | Pekin, Xitoy |
---|---|
Tugʻilgan joyi va sanasi | 1994-yil 30-aprel Nankin, Xitoy |
Boʻyi | 1.70 m |
Murabbiyi | Alejandro Dulko |
Pul jamgʻarmasi | $ 2,170,438 |
Vang Yafan (1994-yil 30-aprelda tugʻilgan) — xitoylik tennischi.
Faoliyati davomida u WTA(Jahon tennis assotsiatsiyasi) turnirida bitta yakkalik va uchta juftlik, WTA 125 turnirida toʻrtta juftlik, shuningdek, ITF ayollar musobaqasida oʻnta yakkalik va oltita juftlik unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yil 7-oktyabrda u o‘zining eng yaxshi yakkalik reytingida 47-o‘ringa chiqdi. Vang Yafan 2016-yil 15-fevralda juftliklar reytingida 49-o‘rinni egalladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vang Yafan 1994-yilda Nankin shahrida tugʻilgan. Vang Yafan tennis bilan 9 yoshida shug‘ullana boshlagan[1]. Vang 2014-yil Shenzhen ochiq turnirida debyut oʻyinini oʻtkazdi va juftlik bahslarida Zheng Jie bilan hamkorlik qildi[2]. Bu juftlik birinchi raundda Sun Ziyue va Xu Shilinga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi va yarim finalda boʻlajak chempionlar Monica Niculescu va Klara Zakopalovaga magʻlub boʻlishdan oldin, Irina Buryachok , Oksana Kalashnikovani magʻlub etdi[2].
2014-yil sentyabr oyida Guanchjou ochiq chempionatida Vang yakkalik bahslarida joker belgisiga ega bo‘ldi va u yarim finalga yo‘l oldi. Birinchi bosqichda Vang Yafan dunyoning 20-raqamli oʻyinchisi Samantha Stosurni[3] va saralash bosqichida Petrani mag‘lub etdi. U yakunda chempion Monica Niculescu bilan bahsda imkoniyatni qoʻldan boy berdi[4].
Vang 2018-yilgi Mayami ochiq chempionatida oʻz karyerasini yuqoriroq koʻtarishga harakat qildi. Vang u yerda oʻninchi raqam ostidagi Angelique Kerberga qarshi ogʻir oʻyinda magʻlub boʻldi.
2019-yil: Birinchi WTA chempioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vang Akapulkodagi Meksika Ochiq chempionatida oʻzining birinchi WTA yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi, u yerda Vang Yafan Sofia Keninni 2-6, 6-3, 7-5 hisobida magʻlub etdi.
Mayami ochiq turnirida u birinchi raundda Kristina Mladenovichni magʻlub etdi. Ikkinchi raundda u dunyoning 5-raqamli oʻyinchisi Elina Svitolinani toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi oʻnta oʻyinchiga qarshi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi (6:2, 6:4). Vang Yafan dunyoning 25-raqamli oʻyinchisi va Australiya ochiq chempionati yarim finalchisi Danielle Collinsga qarshi 7-5, 6-1 hisobida gʻalaba qozondi va toʻrtinchi raundga chiqdi, ammo keyin hamyurti Vang Qiangga imkoniyatni boy berdi.
Muhim finallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]WTA elita kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juftlik: 1 (1 ta medal)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Yili | Joyi | Yuzasi | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
Gʻalaba | 2015-yil | Chjuxay Elita kubogi | Qattiq | Liang Chen | Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja | 6-4, 6-3 |
WTA karyera finallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juftliklar: 7 (3 ta unvon, 4 ta ikkinchi oʻrin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Gʻ-M | Turnir | Darajasi | Yuzasi | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Magʻlubiyat | 0-1 | Shenzhen ochiq chempionati, Xitoy | Xalqaro | Qattiq | Liang Chen | Lyudmyla KichenokNadiya Kichenok | 4-6, 6-7 (6-8) |
Gʻalaba | 1-1 | Malayziya ochiq chempionati, Malayziya | Xalqaro | Qattiq | Liang Chen | Yuliya BeygelzimerOlga Savchuk | 4-6, 6-3, [10-4] |
Gʻalaba | 2-1 | Elita kubogi, Chjuxay | Elita kubogi | Qattiq | Liang Chen | Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja Anabel Medina Garrigues Arantxa Parra Santonja | 6-4, 6-3 |
Magʻlubiyat | 2-2 | Malayziya ochiq chempionati, Malayziya | Xalqaro | Qattiq | Liang Chen | Varatchaya VongteanchaiYang Chjaoxuan | 6-4, 4-6, [7-10] |
Gʻalaba | 3-2 | Taypey ochiq chempionati, Tayvan | Xalqaro | Qattiq | Duan Yinging | Nao HibinoOksana Kalashnikova | 7-6 (7-4), 7-6 (7-5) |
Magʻlubiyat | 3-3 | Xua Xin chempionati, Tailand | Xalqaro | Qattiq | Anna Blinkova | Irina-Kameliya BeguMonika Nikulesku | 6-2, 1-6, [10-12] |
Magʻlubiyat | 3-4 | Monterrey ochiq chempionati, Meksika | Xalqaro | Qattiq | Miyu Kato | aterina BondarenkoSharon Fichman | 6-4, 3-6, [7-10] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Yafan Wang“. Tennis World. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Shenzen Open 2014“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
- ↑ „Stosur shocked in Guangzhou“. Tennis Australia (2014-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Guangzhou International Women's Open 2014“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.