Validol
Qiyofa
Validol (Validolum) — markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan va tomirlarni moʻtadil refleks yoʻli bilan kengaytiradigan dori. Mentolnit izovalerian kislota mentil efiridagi 25—30% li eritmasi. Stenokardiya, nevroz, isteriya va b. kasalliklarda 4— 5 tomchisini bir chaqmoq qandga tomizib, til ostiga qoʻyiladi va to erib ketgunicha shimiladi. Tabletka va kapsula holida ham ishlatiladi. Spirtdagi 5—10% li eritmasi va 10% li surtmasi terining qichishini koldirish uchun surtiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |