Valeriy Xarlamov
Valeriy Borisovich Xarlamov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jinsi | Erkak | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallusi/Laqabi | Afsonaviy17, Ispanyalik | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | SSSR | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavallud sanasi |
14.01.1948 Moskva, SSSR | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vafot sanasi |
27.08.1981 Moskva — 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Faoliyat yillari | 1967—1981 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 1,73 m | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni | 76 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turmush oʻrtogʻi | Irina Xarlamova | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bolalari | Alexander Kharlamov, Bugonita Kharlamova | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sport | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mamlakat | SSSR | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Himoyachi (shaybali xokkey) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klubi |
1967 CSKA 1967—1968 Zvezda (Chebarkul) 1968—1981 CSKA | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Faol tomoni | Toʻpurar, Chap qanot hujumchisi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Murabbiy(lar)i | Kulagin, Boris Pavlovich | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Valeriy Borisovich Xarlamov (1948-yil 14-yanvar, Moskva — 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri) — sovet xokkeychisi, 1967—1981-yillarda CSKA jamoasi hujumchisi. 1969 —1980-yillarda esa SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1969-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Ikki karra Olimpiya chempioni (1972, 1976) va sakkiz karra jahon chempioni. SSSRning eng yaxshi xokkeychisi (1972, 1973). 1970-yillarda SSSRning etakchi xokkeychilaridan biri. Xarlomov nafaqat sovet ittifoqida, jahonda ham Xokkey tarixidagi eng yaxshi xokkeychilardan biri deya tan olingan. 1998-yilda Xalqaro xokkey federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritlgan . 2005-yilda Torontodagi Xokkey shon-sharaf zali aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tavvaludi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Boris Sergeevich Xarlamov (26.06.1927—27.01.2010) — „Moskva Kommunar“ zavodining sinov mexanigi . Onasi — Asli Ispan, Ispaniyaning Bilbao shahridan, asil ismi Karmen Orive-Abad (Carmen Orive Abad, laqabi Begoña, Begonia) (1925—1987), 1937-yilda SSSRga olib ketilgan (fuqarolar urushi Ispaniya qochqinlari orasida), 1940-yillardan oʻsha zavodda revolver tokar boʻlib ishlagan.
Boris va Begonia ilk marta Kommunar zavodi raqs klubida tanishishadi. Oʻshanda Boris Xarlamov klubga urushdan oldin tanish boʻlgan ispan doʻsti bilan kelgan va u yerdan Valeriyning boʻlajak onasi bilan ketgan[1].
Valeriy Xarlamov 1948-yil 13 yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi Moskvada tugʻilgan. Boris va Begoniya oʻsha kuni Kommunar zavodining yotoqxonasida edilar. Kech yaqinlashganda, Begonia tugʻruq vaqti boshlanganini his qiladi. Shoshilinch ravishda tez yordam zavod mashinasi chaqirilib, uni tug‘ruqxonaga olib borishadi. Oʻsha kuni tongda yosh Xarlamovlar oilasida oʻgʻil farzand dunyoga kelgan[2].
Xarlamovlar oʻz farzandlariiga Sovet sinovchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Valeriy Chkalov sharafiga Valeriy deb ism qoʻyishadi. Boris va Begonia faqat yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlganliklari sababli farzandli boʻlishni rejalashtirishmagan edilar. Valeriy tugʻilgandan uch oy oʻtibgina, nikohlarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishadi — Boris Xarlamov buni „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib bergan.
1949-yilga kelib Xarlamovlar oilasida qiz farzand tugʻiladi va qizaloqa Tatyana deb ism qoʻyishadi.
Bolalik va yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valeriy Xarlamovning bolaligidan xokkey hamda futbolga judaham qiziqar va ular bilan muntazam shugʻullanar edi. Valeriy yetti yoshiligidayoq muz ustida konkida ucha boshlagan. Otasi tez-tez zavod jamoasi uchun maydonchada rus xokkeyi bilan shug;ullangan. Oʻgʻlini oʻzi bilan birga oʻyinga olib borgan[3].
1956-yilga kelib, 1937-yilda SSSRga kelgan ispanlar oʻz vatanlariga qaytish imkoniga ega boʻlgach, Valeriy onasi va singlisi bilan Ispaniyaga joʻnab ketadi, Ispaniyaga borgan Valeriy bir necha oy Bilbao shahrida yashaydi hamda shahar maktabida bir muddat taxsil olgan.
1961-yil mart oyida Xarlamov boshqa organlarda asoratlarni keltirib chiqaradigan Oʻtkir tonzillit bilan kasal boʻlib qoladi: shifokorlar unda yurak kasalligi borligini aniqladilar va revmatik kardit tashxisini qoʻyishadi Shu paytdan boshlab Valeriyga maktabda jismoniy tarbiya darslariga borish, hovlida yugurish, ogʻir yuk koʻtarish, suzish va hatto pioner lageriga borish taqiqlangan.
Biroq Valeriyning otasi boshqacha fikrda edi, hamda uni Rossiyaga qaytarib olib kelgan va oʻsha yerdagi xokkey klubiga olib borgan. Bu ishlarning barchasini Valeriyning onasidan yashirincha qilshgan. Xarlamov koʻp marotaba Ispaniyaga borib kelganligi tufayli Ispan laqabini ham olgan. Shundan keyin u moʻjizaviy tarizda, hech bir sabablarsiz ogir hastalikdan sogʻayib ketadi[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqi ligasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xarlamov 12 yoshida CSKA safida muvaffaqiyatli oʻynay boshlaydi[5]. 1967-1968 yilgi mavsum uchun kattalar jamoasi tarkibiga jalb eetiladi hamda 1967-yilning 22-oktyabrda HC Sibir jamoasiga qarshi baxsda SSKA safida debyut qiladi[6]. Ammo oʻsha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Anatoliy Tarasov Xarlamovni jamoa uchun kerakli oʻyinchi deb hisoblamaydi hamda jamoa tarkibidagi 15 oʻyindan soʻng Xarlamovni uchinchi divizion aʼzosi Zvezda Chebarkul jamoasiga tarkibiga bir mavsumga berib yuborishadi. Zvezda chebraku tarkibida 32 oʻyinda 34 ta gol urib, jamoaning toʻp urariga aylanadi[7].
Keyingi mavsumdan Xarlamov CSKA tarkibiga qaytadi. Mavsumda 42 oʻyinda 37 ta gol urib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Umumiy hisobda mavsum oʻyinlarida jami 49 ochko yigʻgan Valeriy liganing uchunchi eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan; 1968-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan oʻyinda u birinchi marta Vladimir Petrov va Boris Mixaylovlar singari koʻzga koʻringan oʻyinchilar bilan bir tarkibda maydonga tushadi[8]. Uchala oʻyinchi ham keyingi bir necha yil davomida CSKA bilan ham, xalqaro miqyosda ham birga oʻynashadi hamda xokkey tarixidagi eng mashhur chiziqlardan birini tashkil etishadi[9]. Mavsum oraligʻida Xarlamov va uning sherilari Petrov va Mixaylovlar xalqaro turnirda gʻalaba qozonganliklari uchun xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻlishadi[10].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Jamoa | Liga | Oʻ | G | A | Ochk | Pen |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1967-1968-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 15 | 2 | 3 | 5 | 6 |
1968-1969-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 42 | 37 | 12 | 49 | 24 |
1969-1970-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 33 | 33 | 10 | 43 | 16 |
1970-1971-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 34 | 40 | 12 | 52 | 18 |
1971-1972-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 31 | 24 | 16 | 40 | 22 |
1972-1973-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 27 | 19 | 13 | 32 | 22 |
1973-1974-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 26 | 20 | 10 | 30 | 28 |
1974-1975-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 31 | 15 | 24 | 39 | 35 |
1975-1976-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 34 | 18 | 18 | 36 | 6 |
1976-1977-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 21 | 18 | 8 | 26 | 16 |
1977-1978-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 29 | 18 | 24 | 42 | 35 |
1978-1979-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 41 | 22 | 26 | 48 | 36 |
1979-1980-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 41 | 16 | 22 | 38 | 40 |
1980-1981-yilgi mavsum | CSKA Moskva | Sovet ittifoqi | 30 | 9 | 16 | 25 | 14 |
Sovet ittifoqi ligasida jami | 438 | 293 | 214 | 507 | 318 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Turner | Oʻ | G | A | Ochko | Pen | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1969 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 6 | 7 | 13 | 4 | |
1970 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 9 | 7 | 3 | 10 | 4 | |
1971 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 5 | 12 | 17 | 2 | |
1972 | Sovet ittifoqi | Kanada-SSSR seriyasi | 7 | 3 | 4 | 7 | 16 | |
1972 | Sovet ittifoqi | Olimpiada oʻyinlari | 5 | 9 | 7 | 16 | 2 | |
1972 | Soviet Union | Jahon Chempionati | 9 | 8 | 6 | 14 | 10 | |
1973 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 9 | 14 | 23 | 31 | |
1974 | Sovet ittifoqi | Kanada-SSSR seriyasi | 8 | 2 | 6 | 8 | 4 | |
1974 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 5 | 5 | 10 | 8 | |
1975 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 9 | 10 | 6 | 16 | 4 | |
1976 | Sovet ittifoqi | Olimpiada oʻyinlari | 6 | 3 | 6 | 9 | 6 | |
1976 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 4 | 10 | 14 | 4 | |
1977 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 9 | 7 | 16 | 4 | |
1978 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 10 | 4 | 5 | 9 | 4 | |
1979 | Sovet ittifoqi | Jahon Chempionati | 8 | 7 | 7 | 14 | 4 | |
1980 | Sovet ittifoqi | Olimpiada oʻyinlari | 7 | 3 | 8 | 11 | 2 | |
Jahon Chempionatida jami | 105 | 74 | 82 | 156 | 79 | |||
Olimpiada oʻyinlarida jami | 18 | 15 | 21 | 36 | 10 |
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSSR va Rossiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | yil |
---|---|
Xizmat koʻrsatgan sport ustasi | 1969-yil |
SSSR ligasi Yil oʻyinchisi | 1971-1972, 1972-1973-yillar |
Rossiya xokkey shon-sharaf zali | 2014-yil |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | Yil |
---|---|
Xokkey boʻyicha jahon chempionati ramziy terma jamoasi | 1972, 1973, 1976-yillar |
Xalqaro xokkey federatsiyasi shon-sharaf zali | 1998-yil[11] |
Xalqaro xokkey federatsiyasi yulduzlar jamoasi | 2008-yil |
Toronto shon-sharaf zali | 2005-yil |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ . Bu voqiyani Boris Xarlamov „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib oʻtgan.
- ↑ Po vospominaniyam Anatoliya Tarasova, Begoniya rodila sina v mashine: „I xotya shofyor gnal na prilichnoy skorosti, v роддом oni priexali s eщyo odnim passajirom — v puti u molodoy mami na svet poyavilsya sin“ (Tarasov A. V. Tri skorosti Valeriya Xarlamova // Levin B. M. Tri skorosti Valeriya Xarlamova. — M., 1984. — S. 13).
- ↑ Харламов Б. С. „Как рассказать мне о Валерии“, . Три скорости Валерия Харламова. М.: Физкультура и спорт, 1984 — 24-bet.
- ↑ Dvortsov, V.A.; Yurev, Z.Y.. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru). Moscow: Sovetskaya Rossiya, 1984 — 20–21-bet.
- ↑ Kulagin, B.P. „Он играл для людей (He played for the people)“, . Три скорости Валерия Харламова (Three Speeds of Valeri Kharlamov) (ru). Moscow: Fizikultura i Sport, 1984 — 40–41-bet.
- ↑ Tarasov, A.V.. Три скорости Валерия Харламова (Three Speeds of Valeri Kharlamov) (ru). Moscow: Fizikultura i Sport, 1984 — 18-bet.
- ↑ Martin, pp. 132-133
- ↑ Dvortsov; Yurev. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru) — 60-bet.
- ↑ Hockey Hall of Fame. „Valeri Kharlamov Biography“. LegendsofHockey.net (2017). Qaraldi: 2017-yil 29-may.
- ↑ Dvortsov; Yurev. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru) — 97-bet.
- ↑ „ХАРЛАМОВ, ВАСИЛЬЕВ, ФИРСОВ И ТИХОНОВ ИЗБРАНЫ В ЗАЛ СЛАВЫ ИИХФ“ (ru). Sport Express (1988-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IIHFning 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha. Barcha davrlarning oltita eng yaxshi xokkeychisini aniqlash
- Biz bosamiz — siz darhol chiqib, gol urasiz! (Xarlamovning oʻzi va u haqidagi bayonotlari yozuvlari)
- Razzoqov F. I. Yulduzli tragediyalar. — M.: eksomo, 2006. — 688 s. — ISBN 5-699-14441-2
- Xokkeyimiz Motsarti (Aleksandr Xarlamov bilan suhbat)
- Xarlamov uchun qizil chinnigullar
- Xarlamovning SSSR terma jamoasidagi oʻyinlari statistikasi
- Valeriy Xarlamovning muhim bosqichlari
- „Aleksandr Kolodniy.“ Jiddiy va uzoq vaqt (Valeriy Xarlamov bilan suhbat). // Futbol-Xokkey (gazeta). — 1972. — No 12. — B. 8-9.
- Xokkey: Sportning kichik ensiklopediyasi. — M.: Jismoniy tarbiya va sport, 1990. — 685 b. — ISBN 5-278-00153-4.
- Qabr fotosurati
- Xarlamovning statistikasi TsSKA HK (Moskva) saytida