Valent zona
Qiyofa
Valent zona — qattiq jismdagi valent elektronlar bilan toʻlgan ruxsat etilgan elektron holatlarning eng yuqori sohasi. Yarimoʻtkazgichlarda temperatura T=OK da valent zona butunlay toʻlgan boʻladi. Ushbu holda valent zonadagi elektronlar tashqi maydonlar taʼsirida paydo boʻladigan elektr oʻtkazuvchanlik va b. kinetik effektlarda ishtirok etmaydi. T*OK temperaturada (T temperatura O K ga teng boʻlmaganda) zaryad tashuvchilarning issiqlik generatsiyasi yuz beradi va natijada elektronlarning bir qismi oʻtkazuvchanlik zonasiga yoki taʼqiqpangan zonadagi kirishma sathlariga oʻtadi. Bunda valent zonada kovaklar hosil boʻladi va elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi. V.z. tushunchasi yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |