Kontent qismiga oʻtish

Vakuum-filtr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakuum-filtr — tarkibida muallaq qattiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovchi material paxta, jun, asbest yoki shisha gazlamadan tayyorlanadi. Tozalash jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovchi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir boʻladi. Davriy va uzluksiz ishlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va b. xillari bor. V.-f. kimyo sanoati, tibbiyot va b. tarmoqlarda keng ishlatiladi.

Vakuum-filtr kimyo sanoatida
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil