Vahob Rahmonov
Qiyofa
Vahob Rahmonov | |
---|---|
Vahob Rahmonov 2024-yilda | |
Tavalludi |
1940-yil 12-aprel Tojikiston SSR, Xoʻjand tumani, Yova qishlogʻi |
Sohasi | adabiyotshunos |
Mukofotlari | Xalqaro bobur mukofoti |
Vahob Rahmonov — (1940, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1968), dotsent.
Vahob Rahmonov 1940-yil 12-aprelda Tojikistonning Xoʻjand tumani Yova qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand Pedagogika instituti (hozirgi Xoʻjand davlat universiteti)ni tugatgan (1963).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻjand pedagogika institutida oʻqituvchi (1963—1976), Samarqand davlat universiteti aspiranti (1965—1968), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1977—1986) va Guliston davlat universiteti dotsenti (1986—2004).
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning „Sheʼr sanʼatlari“ (1972, 2001), „Oʻzbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lugʻat“ (1983), „Badiiy sanʼat jozibasi“ (hammuallif, 2005) kabi asarlari chop etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori (2008)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 288-bet.