Vagotomiya
Qiyofa
Vagotomiya (lotincha: vagus — adashgan va yun. tome — kesish) — adashgan nervni qirqish yoki qisman kesib tashlash. Yara kasalligini (meʼda, oʻn ikki barmoq ichak yarasi va b.) jarroxlik usuli bilan davolash usullaridan; koʻproq meʼdani operatsiya qilish chogʻida qoʻllanadi. Tajribada 16—17-asrlarda adashgan nerv faoliyatini oʻrganish uchun oʻtkazilgan. Tibbiyot amaliyotida ogʻir operatsiyalarni koʻtara olmaydigan bemorlarda Vagotomiya operatsiyasi qilinadi. Kasallangan aʼzoning qaysi qismi operatsiya qilinishi lozimligiga qarab agotomiyaning maʼlum bir xili qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |