Vagon agʻdargich
Qiyofa
Vagon agʻdargich - temir yoʻl yuk vagonlaridan sochiluvchan yuklarni mexanik tarzda boʻshatadigan inshoot. V. a. yukni vagonlarni toʻnkarib, boʻylama yoki koʻndalang qiyalatib boʻshatadi. V. a. soatiga 20—30 vagondagi yukni boʻshatishi mumkin. V. a. ning afzalligi — omborlarda, ruda maydonlarining istalgan (lekin temir yoʻl izlari oʻtkazilgan) joylarida foydalanish mumkinligi. V. a. dan koks-kimyo zavodlari, metallurgiya korxonalari, yirik qurilish korxonalari, portlarda samarali foydalanish mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |