Kontent qismiga oʻtish

Vagif Aziz o‘g‘li Mustafozoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vagif Mustafozoda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Vagif Azizovich Mustafozoda
16-mart 1940
Vafoti 16-dekabr 1979-yil (39 yosh)
Janrlar Jazz va Mugʻom
Kasbi bastakor, pianinochi
Faoliyat yillari 1958-1979-yillar
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Mukofotlari
Veb-sayt http://vagif.musigi-dunya.az/

Vagif Aziz o‘g‘li Mustafozoda (ozarbayjoncha: Vaqif Əziz oğlu Mustafazadə; 1940-yilning 16-martda Baku shahrida tug‘ilgan -  1979-yilning 16-dekabrida Toshkentda vafot etgan) — sovet  Ozarbayjon jaz bastakori va pianinochisi, Ozarbayjon SSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1979-yil), Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti laureati (1982-yil), yigirmanchi asrning buyuk jaz pianistlaridan biri.

Vagif Mustafozoda 1940-yil 16-martda  Bakudagi tibbiy xizmat mayori oilasida dunyoga kelgan. Otasi vafotidan keyin bo‘lajak bastakorning tarbiyasi onasi zimmasiga tushgan. Onasi unga Ozarbayjon xalq musiqasidan dars berishni boshlagan.

1957-yilda Vagif  A.Zeynalli nomidagi Boku musiqa maktabiga o‘qishga qabul qilingan. U yerda Muslim Magomayev bilan birga tahsil olgan.

Vagif Mustafozoda — Ozarbayjon tarixidagi eng mashhur va muvaffaqiyatli jaz ijrochisi hisoblanadi.  Bastakor jazzda yangi yo‘nalish — ozarbayjon jazz mug‘omining yaratuvchisi hamdir[1][2][3][4]. Shuningdek, Mustafozoda turli xil ansambllarning asoschisi ham bo‘lgan. Xususan, uning birinchisi ansambllaridan biri Gruziya Davlat garmoniyasidagi „Kavkaz“ jazz uchligi hisoblanadi. Bundan tashqari, musiqachi Bokuda „Leyli“ (1970-yil), „Sevil“ (1971-yil, Ozarbayjon Davlat teleradiosi asosida), „Mug‘om“ (1977-yil) vokal va instrumental ansambllarini yaratishga musharraf bo‘lgan. [[Файл:Вагиф_Мустафазаде_доска.jpg|left|thumb| Voqif Mustafo-zoda yashagan Icheri Sherdagi uy devoriga yodgorlik lavhasi. Bronza, 1986-yil]] Vagif Mustafozoda „Tallin-66“, „Tallin-67“, „Jazz-69“ Boku festivallarida va 1977-yilda Donetskdagi Butunittifoq jazz festivali hamda „Tbilisi-78“ jazz festivalining laureati va eng yaxshi pianinochisi deb topilgan (festival laureati bo‘lgan sakkiz yoshli Aziza Mustafozoda ushbu sahnada ilk bor debyut qilgan). 1979-yilda Monakoda boʻlib oʻtgan xalqaro jazz kompozitsiyasi tanlovida Vagif Mustafozoda 1-oʻrin sovrini hisoblangan — oq pianinoni qoʻlga kiritgan. Biroq Vagif bu g‘alabadan xabar topishga ulgurmagan. Sababi taniqli bastakor  1979-yil 16-dekabr kuni Toshkentda „Azizani kutaman“ qo‘shig‘ini sahnada ijro etayotgan chog‘ida yurak xurujidan vafot etgan. Vagif dunyodan ko‘z yumgan mahalida 39 yosh bo‘lgan. Uning o‘limidan so‘ng 1980-yilda „Amerika ovozi“ning ingliz tilidagi „Jazz Time“ dasturi boshlovchisi Uillis Konover (Willis Conover) butun bir soatlik dasturini Vagif Mustafozoda faoliyatiga bag‘ishlagan[5].

Vagif Mustafozoda ijodiga T.Kurashvili, D.Japaridze (Gruziya), G.Lukyanov (Rossiya), Rafik Babayev (Ozarbayjon), YanYuxansson (Shvetsiya), Xorst Yankovskiy (Germaniya) kabi musiqachilar bilan muloqoti katta taʼsir ko‘rsatgan deyish mumkin. Hattoki, taniqli B. B. King ham Mustafozoda o‘ynagan tarzda blyuz o‘ynashni xohlashini aytib o‘tgan.

Bokudagi Voqif Mustafozoda qabri

O‘zining sharqona asl kompozitsiyalari va boy improvizatsiyalari hamda Mug‘om va jazz ritmlari sabab bugungi kunga kelib Vagif o‘sha zamonning tirik afsonasiga aylangan[6]. Uning faoliyati nafaqat o‘z mamlakatida balki xorijda ham munosib eʼtirof etilgan.

1967-yilda Tallinda bo‘lib o‘tgan jazz festivalida  Vagif Mustafozoda va Rafiq Babayevlar ishtirok etishgan. ,,Amerika ovozi" jazz dasturining boshlovchisi Uillis Konover (Willis Conover) ham festival mehmonlari qatorida bo‘lgan. Afsonaviy saksofonchi Charlz Lloyd o‘zining kvarteti bilan birga ijro etgan, uning tarkibiga hali yosh Kit Jarret va Jek Dejonnett ham kirgan. Mustafozada ijodi bilan tanishgan taniqli amerikalik jazz musiqachisi Dizzi Gillespi Mustafozodaga kelajak musiqasini yaratgani uchun  o‘z minnatdorchiligini bildirgan[7].

1968-yilda Vagifning SSSRshaharlariga birinchi gastrol safari uyushtirilgan.

1970-yilda esa Mustafozoda va bir qator taniqli Ozarbayjon musiqachilari (R. Beybutov, M. Tagiyev va boshqalar) Lotin Amerikasi mamlakatlarida bir necha marta kontsert dasturlarini o‘tkazishgan.

Bokudagi Voqif Mustafozoda nomidagi sanʼat bilim yurti

Vagif Mustafozoda SSSRda jazz ijrochisi yo‘nalishi bo‘yicha birinchilardan boʻlib „SSSRda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[8].

Vagif Mustafozoda o‘ziga xosligi, virtuoz texnikasi, betakror garmonik tili bilan tomoshabinlarni maftun etgan. U birinchi bo‘lib jazzda Ozarbayjon rang va mug‘omlaridan foydalanadigan ozarbayjonlik jazz asoschisi hisoblangan. Ko‘plab jazz kompozitsiyalari va aranjirovkalari muallifi Mustafozoda simfonik va kamera musiqasini ham yozgan. Ozarbayjon SSRining Bastakorlar uyushmasi uning fortepiano va simfonik orkestr uchun yozgan kontsertini katta muvaffaqiyat bilan qabul qilgani uning ushbu yo‘nalishda ham yuqori salohiyatga ega ekanligidan dalolat. Bastakor shuningdek, ko‘plab kamerali pianino asarlari muallifi hamdir.

Vagif va Aziza Mustafozoda nomlari Amerika Qoʻshma Shtatlari mualliflari tomonidan tahrir qilingan Jahon Jazz Ensiklopediyasiga (inglizcha), shuningdek, ushbu ensiklopediyaning rus tilidagi nashriga jazz tanqidchisi Vladimir Feertaganing adabiy tahriri asosida kiritilgan.[9]

Turmush o‘rtog‘i — Elza Mustafozoda (Bandzeladze) qo‘shiqchi, „Sevil“ vokal va cholg‘u ansamblining sobiq solisti.

Katta qizi — Lala Mustafozoda pianinochi, Parij konservatoriyasida dars bergan va hozirda Parijdagi Grand-opera teatrida ishlaydi.

Kichkina qizi -  Aziza Mustafozoda, jazz ijrochisi va bastakor.

Vogif Mustafozoda haqidagi bayonotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Uning musiqasi hayratlanarli darajada zamonaviy va shu bilan birga, u bir necha avlod shoirlari tomonidan kuylangan qadimgi Kavkaz ohanglari sirlarini o‘z ichiga oladi. Bu ertak go‘yoki Shahrizadaning 1002 kechasi singari! — shved pianinochisi Y.Yuxansson.
  • „Mustafozoda dunyodagi eng yaxshi pianinochilardan biri“ — Vashington Jazz klubi prezidenti D.Bekker.
  • „V.Mustafozoda o‘ziga xos uslubga ega pianinochi. U o‘zining jazzini ajoyib ijro etadi, ozarbayjon kuylaridan mohirona foydalanadi. U bemalol ko‘plab jazzmenlar uchun namuna bo‘la oladi“ — P. Brodovski (Polsha).
  • „V.Mustafozoda — jazzda tengdoshlari topishi qiyin bo‘lgan qo‘shimcha toifali pianinochi. Bu men eshitgan eng lirik pianinochi“ — amerikalik musiqachi va tanqidchi U. Konover.
  1. Continuum encyclopedia of popular music of the world
  2. „Composes: Webster’s Quotations, Facts and Phrases“. 2016-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  3. Continuum encyclopedia of popular music of the world Song of the Land of Fire
  4. „Soviet music and society under Lenin and Stalin: the baton and sickle“. 2016-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  5. „«Azerbaijani Jazz Mugham: Fusing East and West»“ (ENG). indiana University. PhD. Aida Huseynova. 2010-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „«Azerbaijan's traditional music back from brink»“ (ENG). Telegraph, газета (In the 1960s and 1970s, Azerbaijani musician Vagif Mustafazadeh even experimented with fusing mugham with improvisational jazz, winning widespread international acclaim.). 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.
  7. „«THE BAKU JAZZ FESTIVAL: REVIVING A TRADITION IN AZERBAIJAN»“ (ENG). Eurasianet.org. 2005-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-fevral.
  8. Tsypylma Darieva, Wolfgang Kaschuba, Melanie Krebs. Urban Spaces After Socialism: Ethnographies of Public Places in Eurasian Cities. — Campus Verlag, 2011 — p. 236 — ISBN 9783593393841
  9. „В Баку представлена Всемирная энциклопедия джаза, в которую вошли имена Вагифа и Азизы Мустафазаде“. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.