Kontent qismiga oʻtish

Uzun

Koordinatalari: 38°22′01″N 68°00′23″E / 38.36694°N 68.00639°E / 38.36694; 68.00639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzun
shahar
38°22′01″N 68°00′23″E / 38.36694°N 68.00639°E / 38.36694; 68.00639
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Uzun tumani
Aholisi
12 810
Vaqt mintaqasi UTC+5
Uzun xaritada

Uzun — Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi qishloq, tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Qishloq 1920-yilgacha Kultepa deb atalgan. Viloyat markazi (Termiz)dan 192 km. Oʻrtasidan Obizarang daryosi kesib oʻtgan. Aholisi 12 ming kishi (2004). Obizarang va Qorasuv daryolaridan suv oladi.

Uzun tumanida hokimiyati binosi, temir yoʻl vokzali, avtostansiya, paxta tozalash, temir-beton buyumlari, ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari, "UzunKomron" qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, mehmonxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, 2 kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish), kutubxona, kasalxona, markaziy dorixona ishlab turibdi.

"Xotira va qadrlash" bogʻi, "Turon" stadioni, tennis korti mavjud. Uzundan Termiz, Denov va boshqa shaharlarga avtobuslar qatnaydi.