Uztelecom
![]() | |
![]() | |
Turi | Aksiyadorlar jamiyati |
---|---|
Xizmatlari |
|
Status | Telekommunikatsiya |
Qachon asos solingan | 1992 |
Boshqaruv raisi | Nazirjon Hasanov |
Ishchilar soni | 18 000 (2024-yil) |
Vebsayti | http://uztelecom.uz |
Uztelecom – Oʻzbekistondagi eng yirik telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi operatorlaridan biri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Oʻzbekiston davlat telekommunikatsiya korxonalarining „Oʻzbektelekom“ konserni tashkil etilib, davlat telekommunikatsiya tashkilotlarining huquqiy vorisi boʻldi[1][2][3].
1995-yildan boshlab xususiylashtirish va yangi kompaniyalarni qayta tashkil etish jarayoni boshlandi. Xususan: „Toshkent taksofoni“, „Sirdaryo Telekom“, „Buzton“ va „Chirkom“ qoʻshma korxonalari, shuningdek, „Oʻzbektelekom International“ aksiyadorlik jamiyatlari va mintaqaviy kompaniyalar tashkil etildi. „Oʻzbektelekom“ tarkibida Intel Telekom filiali paydo boʻldi[4][5][6].
2000-yilda Kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi[7].
2001-yilda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi UzNet shoʻba korxonasini Uztelecomga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi va bu kompaniyani xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrishning boshlanishi edi[8][9][10].
2003-yilda muhandislik-texnik markazi tashkil etildi. CDMA-450 simsiz tarmogʻi ishlay boshladi. „Oʻzbektelekom-Mobil“ filiali ishga tushirildi. Samarqand va Jizzax viloyatlarini simsiz aloqa tizimi bogʻladi[11][12].
2004-yildan yangilangan UzNet filiali tashkil qilinib, Intel Telekom kompaniyasiga qoʻshildi. Shu bilan birga, UzMobile CDMA-450 tarmogʻini hududlarda kengaytirdi[13]. 2004-yilda oldindan toʻlangan kartalar yordamida xalqaro qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi aqlli xizmat kodlari joriy etildi[14][15].
2005-yilda kompaniya VoIP shlyuzini yangiladi va qoʻshimcha tugunlarni oʻrnatdi, bu esa xalqaro aloqa va Internetga kirish xizmatlarini kengaytirdi. 2006-yilda WiMax pilot loyihasi ishga tushirildi va videokonferensaloqa xizmati paydo boʻldi[16].
2007-yilda Xitoy taraqqiyot banki va Huawei Technologies shirkati bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmogʻi modernizatsiya qilindi. Videotelefoniya, maʼlumotlarni uzatish va internetga ulanish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. Xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazish qobiliyati 2010-yilga kelib 2,5 Gbit/s ga yetdi[17].
2011-yilda „Uzmobile“ va „Uzonline“ brendlari yaratildi. 2012-yilda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 263,5 million kanal/km ni tashkil etdi. FTTx, IP-telefoniya va IPTV texnologiyalari rivojlantirildi[18][19][20].
2014-yilning 1-dekabrida xalqaro tarmoq sigʻimi 15,5 Gbit/s ga yetdi va Call Center xizmati – 1084 joriy etildi[21][22]. Xalqaro tarmoqlarning tezligi 15,5 Gbit/s gacha oshirdi va 2000 km. dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi[20].
2017-yili 12100 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi. 2023-yilga kelib, optik tolali tarmoq uzunligi 227 ming kilometrni tashkil etdi.
2020-yilda Uzmobile va Uzonline ostbrendlari Uztelecom yagona brendi ostida birlashtirildi. Natijada UZMOBILE va UZONLINEning alohida brend sifatidagi maqomi tugatildi, UZTELECOM esa kompaniyaning bosh brendiga aylandi.
Kompaniya oʻzining 5G tarmogʻini 2023-yilda ishga tushirdi. Xuddi shu yili VoWi-Fi va VoLTE texnologiyalari joriy etildi. Apple Inc. Shirkati bilan shartnoma tuzdi. Apple foydalanuvchilari IOS 16 versiyasiga yangilangandan soʻng 5G tarmogʻiga ulanish imkoniyatiga ega boʻlishdi[23]. Shu yilga koʻra, kompaniya optik tolali aloqa tarmogʻi uzunligi 227 ming km (mamlakat aholi punktlarining 92 foizi), 6000 dan ortiq tayanch aloqa stansiyalarni mavjud[24].
2024-yilda Oʻzbekistonda ilk bor 5.5G tarmogʻini taqdim qildi[25][26][27].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uztelecom aksiyalarining 94.25 foizi Oʻzbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, 5.2 foizi esa jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli[28].
Kompaniya 22 ta filialni oʻz ichiga oladi, ulardan 14 tasi hududiy, 8 tasi ixtisoslashgan va 3 tasi shoʻba korxonalaridir[29][30].
120 mamlakatda 150 dan ortiq aloqa operatorlari bilan aloqa oʻrnatgan[31]. Hamkorlar orasida OAJ Beltelekom (Belarus), Rostelekom (Rossiya)[32], Qozoqtelekom[33], Qirgʻiztelekom va boshqa telekommunikatsiya kompaniyalari bor[34].
2024-yilda kompaniya Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan International Wholesale Telecom Congress (IWTC) tashkilotchisi va brilliant homiysi boʻldi[35][36].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Virtual xostingni taʼminlovchi mavjud kompaniyalar, baʼzi xosting tizimlari qanday texnik xususiyatlarga egaligi, ularning narxi va qanday xususiyatlar ularni raqobatchilardan ajratib turishi haqida tahlil qiluvchi „Xosting-obzor“ saytida Uztelecom foydalanuvchilari juda koʻp salbiy izohlar bildirishgan. Ular asosan xizmat koʻrsatish sifatining yomonligidan va internet sekin ishlayotganidan shikoyat qilishgan[37]. Ukrainaning 2ip.ua saytida foydalanuvchilar Uztelecom xizmat sifatiga 5 ballik tizimda 2 ball berishgan[38].
Foydalanuvchilar, ayniqsa mintaqalarda past Internet tezligidan shikoyat qiladilar. Tarmoq modernizatsiyasiga qaramay, barqaror va tezkor ulanishga kirish muammo boʻlib qolmoqda[39].
Internet xizmatlaridagi uzilishlar xizmat sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Foydalanuvchilar texnik muammolarni hal qilish uchun uzoq kutish kerakligidan shikoyat qiladilar. Kompaniyaning ayrim filiallari mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashda rasmiy yondashuv va tashabbusning yoʻqligi uchun tanqid qilinadi[40].
Soʻnggi yillarda tariflar pasaytirilganiga qaramay, Oʻzbekiston aholisining muhim qismi uchun xizmatlar (ayniqsa, Internet) narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda[41].
Uztelecom Oʻzbekiston telekommunikatsiya bozorini monopoliyaga olgani uchun tez-tez tanqid qilinadi[42].
Yangi texnologiyalarni joriy etish haqidagi bayonotlarga qaramay, hududlarda infratuzilmani yangilash sust ketmoqda. Bu shahar va qishloq oʻrtasidagi raqamli tafovutga olib keladi. Baʼzi hududlarda hali ham FTTx va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoni yoʻq[43].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Организация „Узбектелеком“»/ОБ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЗБЕКСКОГО АГЕНТСТВА ПОЧТЫ И ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЙ“. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«История компании»“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«История компании»“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«Инвестиции на инвестиционные проекты»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ "Prisoedinenie UzNet"
- ↑ „Sozdanie novix aksionernix obщestv“/Svyaz, sblijayuщaya lyudey
- ↑ „Kompaniya tarixi | Uztelecom.uz“. Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „Sliyanie Uzneta s Intal Telekom“
- ↑ „«Постановление Кабинета Министром о приватизации»“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Приватизация UzPAK»“. 2017-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Интервью с Равшаном Мухрумбаевым»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „Sozdanie Injereno-texnicheskogo sentra“
- ↑ „«Предоставление на базе стандарта CDMA»“. 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „Razvitie Telekommunikatsionnix setey“
- ↑ "Doklad o razvitie elektronniy kommersii v usloviyax globalizatsii "
- ↑ „«Итоги о развитии ИКТ в Узбекистане»/Министерство по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«Сотрудничество с Китаем в сфере телекоммуникации»“. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „«UZTELECOM — навстречу 20-летию независимости Узбекистана!»“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „«Ip телефония от Узбектелеком»“. 2010-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ 20,0 20,1 „«Узтелеком провел ребрендинг»“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ "Postanovlenie prezidenta ot 2 dekabrya 2014 goda "
- ↑ „Uvelichenie skorosti dostupa v internet“
- ↑ „UZTELECOM: Зафарли ютуқлар ва янги марралар йили“.
- ↑ „Brifing: 2023-yilda erishilgan muvaffaqiyatli natijalar faoliyatlar samarasi“ (2024-yil 4-mart). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „UZTELECOM и Huawei запустили сеть 5.5G в тестовом режиме на ICT Week Uzbekistan 2024“ (18.09.20240). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „aa“.
- ↑ „Uztelecom gets cracking on 5G-A with test network launch“ (2024-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „Жителям Узбекистана позволят стать акционерами НГМК и Uztelecom“.
- ↑ „«Филиалы компании»“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „«Узмобайл устанавливает 140 новых баз по развитию FTTx»/Uzmibile installs 140 base“. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „Dunyo boʻylab | Uztelecom.uz“. Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „Интернет в Узбекистане станет значительно быстрее“ (2007-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „«Узбектелеком» и «Казахтелеком» займутся разработками в области интернета вещей“ (2018-yil 11-iyul). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „Memorandum between JSC "Uztelecom" and OJSC "Kyrgyztelecom" signed“ (2023-yil 28-may). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „«Ўзбектелеком» АК: «Ўзбекистон-2030» стратегиясини амалга ошириш йўлидаги фаолият“ (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ „Oʻzbekistonda ilk bor raqamli industriya va telekommunikatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro kongressga mezbonlik qilmoqda“ (24. 04.2024). Qaraldi: 2025-yil 7-fevral.
- ↑ Отзывы о хостинге Uztelecom
- ↑ Провайдеры АК "Узбектелеком"
- ↑ „Obщaya skorost interneta v Uzbekistane dostigla…“
- ↑ „Монополия Uztelecom и стартапы: что мешает IT-бизнесу в Узбекистане?“. kun.uz.
- ↑ „«Снижение цен на интернет услуги для провайдеров»/газета.уз: Тарифы на интернет-услуги для провайдеров продолжают снижаться“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ „Монополия Uztelecom и стартапы: что мешает IT-бизнесу в Узбекистане?“. kun.uz.
- ↑ „В «Узбектелекоме» рассказали, почему некоторые не ощутили повышение скорости интернета“.