UzPost
Sobiq nomi | O'zbekiston pochtasi |
---|---|
Turi | biznes va ommaviy kompaniya |
Xizmatlari | Pochta xizmatlari |
Shiori | Yangi imkoniyatlar kuchi |
Qachon asos solingan | 1992-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Direktori | Fayzullaev Alisher Nasibullaevich |
Ishchilar soni | 7929 |
Vebsayti | www.post.uz |
"Oʻzbekiston pochtasi" AJ – Oʻzbekistonda pochta xizmatini amalga oshiruvchi tashkilot. Jamiyatning xizmat doirasiga Oʻzbekistonda milliy va xalqaro pochta joʻnatmalarni, yetkazish va davriy nashr mahsulotlarini tarqatish kiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq hissadorlik jamiyati 1992-yil konsern sifatida tashkil topdi. 1997-yilda konsern „Oʻzbekiston pochtasi“ davlat aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.1991-yili pochta aloqasi va matbuot tarqatish korxonalari tarkibidagi boʻlimlar negizida pochta aloqasi mustaqil birlashmasi xamda ularning viloyat va tuman boʻlinmalari tashkil etildi. 1994-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Jahon pochta uyushmasiga aʼzo boʻldi.
Mamlakatimizda pochta aloqasi, axborot va telekommunikatsiya tizimlarini boshqarishni yanada takomillashtirish, bu tarmoqlarga bozor mexanizmlarini joriy etish hamda xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-iyuldagi „Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31- iyuldagi „Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq, „Oʻzbekiston pochtasi“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Soha rivoji uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ana shu hujjatlarga binoan, aksiyalarning 75 fozi davlat mulki, 10 foizi mehnat jamoasi ulushi sifatida, 15 foizi esa erkin sotuvga chiqarilishi belgilangan.
2000-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan „Pochta aloqasi toʻgʻrisida“gi qonun sohada qonunchilik asoslarini mustahkamlash bilan birga, xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish va samaradorligini taʼminlash, pochta xizmatlari bozoridagi raqobatdoshlikni oshirish, pochta aloqasi sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan edi. Oʼzbekiston Respublikasi milliy infratuzilmasining ajralmas qismi boʼlgan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi „Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʼgʼrisida“gi 339-son Qarori bilan „Oʼzbekiston pochtasi“ aksiyadorlik jamiyati Milliy operator etib belgilangan, oʼz faoliyatini yuridik va jismoniy shaxslarni, davlat boshqaruv organlarining pochta aloqasi xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlari qondirish orqali, respublikamizda pochta aloqasi va ijtimoiy taʼminot sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishiga hissa qoʼshib kelmoqda.
Pochta aloqasining milliy operatori zimmasiga Oʼzbekiston Respublikasining Umumjahon pochta ittifoqi dalolatnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarini bajarish hamda Respublikaning barcha hududlarida aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan xizmatlarni belgilangan narxlarda koʼrsatish yuklatilgan.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun „Oʼzbekiston pochtasi“ AJ tomonidan respublikada pochta aloqasi tarmoqlarida 7 929 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Oʼrtacha oylik ish haqi 1 216,7 ming soʼmni tashkil etadi.
1992-yili pochta aloqasi korxonalari taʼsischilari yigʻilishining qaroriga binoan „Oʻzbekiston pochtasi“ konserni tashkil etildi.
Shu davrda jamiyat hissalari quyidagicha taqsimlandi:
aksiya egasi | Ulush %da |
---|---|
Davlat | 31,51 |
Yuridik va jismoniy shaxslar | 68,49 |
Jami | 100 |
2004-yilga kelib Oʻzbekistonda pochta xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida davlat aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiydarolik jamiyatiga aylantirildi. Hozirda davlat jamiyatning 51% hissasiga ega va 49% aksiya erkin sotuvda. 2006-yil maʼlumotiga binoan pochta 86 mamlakat bilan pochta almashinuvini amalga oshirdi. Shularning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, AQSh, Olmoniya, Isroil, Qozogʻiston mamlakatlariga toʻgʻri keladi.
Xizmatlar turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozma xat xabarlar:
– Pochta kartochkalari;
– Xat-xabar;
– Banderol;
– Mayda paketlar.
Posilkalar.
Elektron pul oʼtkazmalari.
Davriy nashrlar obunasi.
Gibrid pochta xizmati – bu pochta tashkiloti hamda korxona, tashkilot va idoralar oʼrtasida shartnoma asosida, telekommunikatsiya tizimi va pochta xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xizmat turi hisoblanadi.
Tezkor pochta.
Kuryerlik.
Qoʼshimcha xizmatlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moliyaviy xizmatlar:
– kommunal toʼlovlar;
– munis toʼlov tizimi orqali qabul qilinadigan toʼlovlar – 60 dan ortiq buyudjet toʼlovlari va boshqalar;
– UZIMEI kodlarni roʼyxatdan oʼtkazish;
– sugʼurta polislari sotuvi.
Tovarlar sotuvi.
Loyihalar amalga oshirilgandan keyin kiritiladigan yangi xizmatlar.
Elektron savdo maydonchasi orqali koʼrsatiladigan xizmatlar:
– Elektron savdo maydonchasi orqali tovarlar sotuvi;
– Tovarlar yetkazib berish;
Bank xizmatlari – bank kartalarini pul mablagʼlari bilan toʼldirish, bank kartalaridagi mablagʼlarni naqdlashtirish.
Davlat xizmatlari – sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish, manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish, FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, fuqaroni pensiya tizimida hisobga qoʼyish, fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʼyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish, fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish, elektr-energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʼrnatish va qiyoslashga ariza berish, isteʼmolchilarning elektr hisoblagichini almashtirish, gazni hisobga olish hisoblagichni yechish qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatishga ariza berish, isteʼmolchilarning gaz hisoblagichini almashtirish, ichimlik suvini hisobga olish uskunasini yechish, oʼrnatish va qiyoslashga ariza berish va isteʼmolchilarning ichimlik suvi hisoblagichini almashtirish.
Pochta markalari va filatelistik mahsulotlarning chakana savdosi.
Posilkalarni saqlash.
Pochta joʻnatmalarini oʻrovlab berish.
Posilkalarni mato bilan oʻrovlab berish.
Manzillarni yozib berish va turli xil blankalarni toʻldirib berish.
Abonement qutilarini foydalanishga berish.
Joʻnatuvchi soʻroviga koʻra posilkani qayta oʻrovlab berish.
Banderollarni uchun qutilar, posilkalarni uchun qoplar savdosi.
Kuryerlik xizmatlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pochta varaqchalarni yetkazib berish;
Xatlarni yetkazib berish;
Ichki banderollarni yetkazib berish;
Posilkalarni yetkazib berish;
maxsus oʻralgan davriy nashrlarni yetkazib berish.
Shartnomaviy xizmatlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davriy nashrlarga obuna qabul qilish;
Davriy nashrlar gazeta, jurnal va kitoblarning yetkazish;
Telegrammalarni qabul qilish va yetkazish;
Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvi;
Davriy nashrlar chakana savdosi;
Tovarlar chakana savdosi.
Pochta indekslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 28-oktabrdagi 270-son buyrugʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasi obyektlarining yangi pochta indekslari amalga kiritildi. Yangi pochta indekslarining kiritilishi texnologik jarayonlarni keyingi takomillashtirish yoʻli orqali taqdim etilayotgan xizmatlari sifatini anchagina oshiradi.
Pochta aloqasi obyektlarining pochta indeksi 6 raqamdan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari boʻyicha quyidagi koʻrinishga ega:
1-2 raqamlar viloyat markazi yoki viloyat xududining shartli kodini;
3-4 raqamlar tuman markazi, tuman hududi yoki viloyatga boʻysunuvchi shaharning shartli kodini;
5-6 raqamlar pochta aloqasi boʻlimining shartli kodini anglatadi.
Masalan: 120216 indeksi. 12—Sirdaryo viloyati, 02—Boyovut tumani, 16—Usmonobod aholi punktiga xizmat koʻrsatuvchi pochta aloqa boʻlimi.
Toshkent shahrining pochta indeksi viloyatlardan farqli ravishda oʻziga xos xususiyatga ega. Toshkent shahrining pochta indeksi quyidagi koʻrinishga ega:
1-3 – raqamlar Toshkent shahrining shartli kodini;
4-6 – raqamlar Toshkent shahridagi pochta aloqasi boʻlimining raqamini anglatadi.
Masalan: 100123 raqamli indeksi. 100 –Toshkent shahri, 123 – pochta aloqasi boʻlimi raqami.
Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining pochta indekslari roʻyxatini yuklab olish (353 kb) (Wayback Machine saytida 2021-12-28 sanasida arxivlangan)
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Facebook: https://www.facebook.com/uzpochta/
- Telegram:@uzpostuz
- Sayt: https://uz.post/<ref>https://uz.post//ref[sayt ishlamaydi]>