Kontent qismiga oʻtish

Uyqusizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uyqusizlik (baʼzan insomnia ham deyiladi) tegishli sharoit boʻlishiga qaramay, uxlay olmaslik muammosi bilan xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu odatda holsizlanish, bosh ogʻriqlari va boshqa simptomlarni keltirib chiqaradi. Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi.

Uyqusizlik, insomniya, agripniya — tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygʻonaverish, shuningdek, juda erta uyqu oʻchib ketishi va boshqa

Baʼzi odamlarda uyqu bolaligidan buzilgan boʻladi, mas, irsiy, ilk yoshda boshdan kechirilgan baʼzi kasalliklar yoki nerv sistemasi, bosh miyaning shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. U. koʻpincha nerv sistemasining kuchli ruhiy, emotsional shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning organik kasalliklari (ayniqsa, miya qon tomirlari aterosklerozi), ichki aʼzolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon bez) kasalliklari bilan bogʻliq nerv sistemasining funksional buzilishlarida uchraydi. U. yotadigan joyning noqulay boʻlishi, biror narsadan hayajonlanish, birorta kasallikning boshlanish belgisi boʻlishi ham mumkin. Agar noxush kechinmalar, toliqish, uxlash maromining buzilishidan (funksional ) kelib chiqqan boʻlsa, u oʻzicha tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi hayollar surish lozim. Bu tavsiyalarga rioya qilinsa, hayajonlanish, toliqishdan yuzaga keladigan uyqusizlik tezda oʻtib ketadi. Uyqu yoshi qaytgan va qarigan kishilarda oʻzgaradi; uyqu yoshlik davriga qaraganda birmuncha yuzaki va qisqa muddatli boʻlib qoladi, bu shu yoshdagi organizmning fiziologik xususiyatlari natijasidir.

Uyquning har qanday turida ham shifokor bilan maslahatlashish, zarur muolajalarni olish tavsiya etiladi, oʻz bilganicha doridarmonlar bilan davolanish xavfli asoratlarga olib keladi.

Uyqusizlik ayollarda erkaklardagidan 1,4 marta koʻp tarqalgan.[1]

Uyqusizlikning koʻplab darajalari maʼlum boʻlsa-da, ularning orasidan quyidagilari ayniqsa ajratib koʻrsatiladi:

  • Vaqtincha uyqusizlik, bir necha kun davom etadi.
  • Qisqa muddatli uyqusizlik, uch haftadan olti oygacha muddatda davom etadi.
  • Surunkali uyqusizlik, yillab davom etadi.

Sabab va natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaqtincha uyqusizlik odatda shovqin, kuchli asablanish, uyqu tuzumi buzilishi, giyohvand yoki neyrotrop moddalar taʼsirida kelib chiqadi. Surunkali uyqusizlikka esa boshqa kasalliklar, bosh miya jarohati, parazitlar sabab boʻlishi mumkin. Baʼzan uyqusizlik nasldan naslga oʻtishi mumkin.

Uyqusizlik umumiy holsizlanish, diplopiya (bir narsani ikkitadek koʻrish), gallutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi, kamdan-kam hollarda oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Uyqusizlik insonni o'limgacha ham olib kelishi mumkin.!

Uyqusizlik bilan kasallangan bemorlarga uyqu dorilar tavsiya etiladi (shifokor retsepti shart). Bundan tashqari gipnoz, kognitiv psixoterapiya bilan ham davolash mumkin. Sogʻlom odamlardagi vaqtincha uyqusizlikni asal va sut aralashtirib ichish, issiq vanna qabul qilish bilan yengsa boʻladi.

Uyqusizlik boshqa kasalliklar tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgani uchun albatta tibbiy muassasalarga murojaat etish zarur.