Usto Ruhiy koʻchasi
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Kim sharafiga nomlangan | Usto Ruhiy |
Usto Ruhiy koʻchasi — shaxs nomi bilan ataluvchi toponim. Usto Ruhiy hunarmand usta nomidan olingan. Usto Ruhiy toʻgʻrisida aholi oʻrtasida turli afsonalar tarqalgan. Goʻyo, u rux (metall) tayyorlovchi hunarmandlar ustozi boʻlgan[1]. Hozirda saqlanib qolmagan Bozori gusfand madrasasi shu guzarda qad rostlab turgan. Aholisi asosan beshik yasash bilan shugʻullangan. Koʻcha nomi 1615-yil va 1788-yilda tuzilgan vaqf hujjatlarida tilga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.