Kontent qismiga oʻtish

Ushi shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushi shartnomasi (ital. Trattato di Losanna — 1912-yil 18-oktabr) — Tripoli urushi oxirida Italiya Qirolligi va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida imzolangan shartnoma. Bu shartnoma Italiya tarixida Trattato di Losanna ya'ni Lozanna shartnomasi nomi bilan mashhur. "Ouchy" bu Lozanna tumanidir. 1923-yil 24-iyuldagi Lozanna shartnomasi bilan chalkashmaslik uchun Turkiya tarixida Ushi (Ouchy) shartnomasi deb yuritiladi[1].


Ushi shartnomasi uchun Usmonli va Italiya delegatlari: (chapdan o'ngga) Pietro Bertolini, Mehmet Nabi Bey, Guido Fusinato, Rumbeyoglu Fahreddin, Juzeppe Volpi.

Tripoli uchun Italiya bilan urush davom etayotgan bir paytda, Usmonli imperiyasi Bolqon urushi boshlanganidan keyin Italiya qirolligidan tinchlik so'rashga majbur bo'ldi[2]. Tinchlik shartnomasi Shvetsariyaning Lozanna shahrida, Leman koʻli boʻyida joylashgan Ushi tumanida imzolandi. Shartnomaga ko'ra, Tripoli va Bing'oziga to'liq muxtoriyat berildi. Usmonli imperiyasi askarlarini bu yerdan olib chiqib ketadigan boʻldi. Bu Italiyaga Tripoli va Bing’ozini erkin bosib olish imkoniyatini berdi. Buning evaziga Italiya bir muncha vaqt o'tgach, Rodos va uning atrofidagi Dodekanes orollarini Usmonli imperiyasiga qaytaradi. Biroq, bu orollar hech qachon Usmonli imperiyasiga taslim bo'lishi sodir bo'lmagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin orollar Gretsiyaga berildi.

Ushi shartnomasining asosiy moddalari quyidagilar edi:

Shartnomadan so'ng Liviya hududlarining o'zgarishi
Ushi shartnomasi natijasida Usmonli chegaralari

1. Tripoli va Bing’oziga to’liq muxtoriyat berildi. Tripoli va Bing’ozi yangi qonun va maxsus tartib bilan boshqariladi.

2. Tripoli va Bing’ozida Usmonli imperiyasi manfaatlarini sulton nomidan naybu’s-sulton etib tayinlangan zobit himoya qiladi, diniy va sud ishlarini esa sulton tomonidan saylanadigan qozilar amalga oshiradi. Qodiy va Naibu sultonining maoshlari Usmonlilar moliyasi tomonidan to'lanadi.

3. Italiya Dodekanes orollarini vaqtincha ushlab turadi. Sababi Usmonli imperiyasi Bolqon urushlarida bu orollarni himoya qila olmas edi.

4. Jumladan, Turkiya davlati Gretsiya orollarga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirda edi. Ammo Italiya u orollarni 1947-yilgacha Ikkinchi Jahon urushida mag'lub bo'lgunga qadar ushlab turdi, keyin esa ularni Gretsiyaga berdi.