Kontent qismiga oʻtish

Ur, toʻqmoq!

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ur, toʻqmoq! — oʻzbek xalq ertak]laridan. Shaklan va mazmunan sehrli-fantastik ertaklar turiga kiradi. Ertak mazmunini xalqning toʻq yashash, baxt-saodat, erkin hayot haqidagi orzu-umidlari tashkil etadi. Ertakda voqealar „ochil, dasturxon“, „gazla, gazim“, „ur, toʻqmoq“, „pishdi palov“, „chiq qovokdan“ kabi sirli vositalar orqali rivojlana boradi va salbiy personajlar qiyofasida mavjud tuzumning axlok, meʼyorlari — adolatsizlik, insofsizlik, zulm va zoʻrlik kabi yomon illatlar fosh etiladi. „Ochil, dasturxon“, „Chol bilan kampir“ ertaklari „Ur“ ning variantlari hisoblanadi. Ertak boshlangʻich sinf darsliklarida berilgan, oʻzbek xalq ertaklari turkumida koʻp bor nashr qilingan.[1]

  1. „Ur, toʻqmoq!“ OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil