Uqba ibn al-Hajjoj

Uqba ibn al-Hajjoj as-Saluliy (arabcha: عُقْبَة بن الْحَجَّاج السَّلُولِيِّ الهَوازِنِيِّ) – 740–734-yillarda (boshqa manbalarga koʻra 737–742) Umaviylar xalifaligining Al-Andalusdagi hokimi. Ushbu lavozimga Ubaydulloh ibn al-Habhob tomonidan tayinlangan.
Al-Andalusning yangi voliyi Uqba ibn al-Hajjoj oʻzidan oldingi hokim Abdulmalik ibn Qatan al-Fihriy tomonidan oʻrnatilgan soliqqa tortish masalalarini qattiq qoraladi hamda uni va uning amaldorlarini hibsga oldi. Oʻz navbatida yangi aholini roʻyxatga olish ishlarini boshladi va soliq solishning yanada qatʼiy boʻlgan koʻrinishini joriy etdi. Shuningdek, Uqba har bir kishining faqatgina oʻz xalqi qonunlari asosida sud qilinishini buyurdi. Bunga koʻra, istilochi musulmonlarning islomiy qonunlari Ispaniya yarim orolining avvalgi aholisi uchun tatbiq etilmagan. Oʻsha vaqtda Vestgotlar qirolligiga tegishli boʻlgan hududlarda yashovchi aholi Forum Iudicum yaʼni Vestgotlar sud majmuasi qonunlariga amal qilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, hokimiyat tepasiga kelgan yangi hokimlar Islom qonun-qoidalarini faqat oʻz qoʻl ostidagi aholi uchun joriy qilgan, avvaldan bu hududlarda yashab kelgan mahalliy xalqlarga esa eski qonunlar asosida hukm chiqarilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, USA: Blackwell, 1989 — 199-bet. ISBN 0-631-19405-3.
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 734–740 |
Keyingisi |