Kontent qismiga oʻtish

Ummu Isʼhoq binti Talha ibn Ubaydulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ummu Isʼhoq binti Talha ibn Ubaydulloh
arabcha: أم إسحاق بنت طَلحَة بن عُبَيد الله
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Turmush oʻrtoq(lar)i
  • Hasan ibn Ali
    (670-yilda Hasanning o'limiga qadar)
  • Husayn ibn Ali
    (670-yildan erining o'limiga qadar)
  • Tammom ibn Abbos ibn Abdulmuttalib
  • Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurahmon ibn Abu Bakr
Farzandlari
Ota-onasi

Andoza:Wikidata image

Ummu Isʼhoq binti Talha ibn Ubaydulloh (arabcha: أم إسحاق بنت طَلحَة بن عُبَيد الله) – Talha ibn Ubaydullohning qizi, Hasan ibn Alining xotinlaridan biri. Hasanning oʻlimidan keyin uning ukasi Husayn ibn Aliga turmushga chiqqan.

Ummu Is’hoq Talha ibn Ubaydullohning qizi boʻlib, Qurayshning eng goʻzal ayollari qatorida edi[1].

Ummu Is’hoq Hasan ibn Alining xotini edi. Hasan oʻldirilganidan keyin uning ukasi Husayn ibn Aliga turmushga chiqqan[2]. Husayn oʻldirilgandan keyin esa Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Abu Bakr bilan oila qurgan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Ummu Is’hoq Abdullohdan oldin Tammom ibn al-Abbos ibn Abdulmuttalibning nikohida boʻlgan[3].

Ummu Is’hoqning Hasan ibn Alidan Husayn (al-Atrom nomi bilan mashhur edi), Talha ibn Hasan va Fotima binti Hasan ismli uch nafar farzandi boʻlgan[4].

Shuningdek, Husayn ibn Alidan Fotima al-Kubro ismli[5], Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurahmon ibn Abu Bakrdan esa Omina ismli qizi boʻlgan[6].

  1. Iṣfahānī. Al_Aghani — 78-bet. 
  2. Iṣfahānī. Al_Aghani — 78-bet. 
  3. A. J. Al-Baghdadi. Al-Muhbir. Beirut: Dar al-Afaq al-Jadidah. 
  4. Mufīd. al-Irshād — 20-bet. 
  5. Mufid. Al_Irshad — 135-bet. 
  6. Zubayrī, Nasab, 50; Ibn Saʼd, Ṭabaqāt, III/1, 152.