Umar Xudoyberdiyev
Umar Xudoyberdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
21-aprel 1941-yil Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Samarqand iqtisodiyot va servis instituti |
Taʼlimi | Samarqand kooperativ instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Mukofotlari |
Umar Xudoyberdiyev (1941-yil 21-aprel, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umar Xudoyberdiyev 1941-yil 21-aprel Samarqand viloyati Qaraqishloq tumani (hozirgi Jizzax viloyati Baxmal tumani) Uzunbuloq qishlogʻida tugʻilgan. 1958—1960-yillar Samarqand kooperativ texnikumini tamomlagan[1]. 1960—1965-yillar Samarqand kooperativ institutining „Buxgalteriya hisobi“ yoʻnalishini tugatgan. 1963—1964-yillarda Sayxunobod matlubot jamiyatida bosh buxgalter boʻlib ishlagan. 1965—1967-yillar harbiy xizmatda boʻlgan. 1967—1970 yillar Samarqand kooperativ instituti „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasi assistent, 1970—1973-yillar Lvov savdo iqtisod institutida aspirant boʻlgan. Kiyev savdo-iqtisod institutining Ilmiy kengashida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. 1973—1998-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimida ishlagan. 2004-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 darslik, 8 ta monografiya, jumladan, uning „Matlubot kooperasiyasi chakana savdo korxonalarida uchet va hisobot“, „Matlubot kooperasiyasi chakana savdo tovar va tara operasiyalari ucheti“, „Matlubot kooperasiyasi ulgurji savdo korxonalarida tovar va taralar ucheti“, "Matlubot kooperasiyasi asosiy tarmoqlarida buxgalteriya ucheti:, „Matlubot kooperasiyasi buxgalteriya uchetidaschetlar korresponden-siyasi“, „Matlubot kooperasiyasi ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya ucheti“, „Savdoda ijara pudrati va bozor iqtisodiyoti“ oʻquv qoʻllanmalari muallifi. „Mehnat faxriysi“ medali, „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].