Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek Vafayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻbek Vafayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1967-yil (55 yosh)
Samarqand viloyati, O‘zbekiston SSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSROʻzbekiston O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi
Taʼlim Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Toshkent moliya instituti
Davlat boshqaruvi akademiyasi
Samarqand davlat universiteti
Kasbi Iqtisodchi, Moliyachi, Huquqshunos

Ulugʻbek Nazarovich Vafayev (1967-yil 1-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek iqtisodchisi, moliyachi, huquqshunos va davlat arbobi, 2020-yildan IV chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulug‘bek Vafayev 1967-yil 1-yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand qishloq xoʻjalik institutini so‘ngra Toshkent moliya instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Samarqand davlat universitetini iqtisodchi, moliyachi va huquqshunos mutaxassisliklari boʻyicha tamomlagan[1][2].

Mehnаt fаoliyatini 1984-yildа Jomboy tumani xo‘jalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi haydovchisi sifatida boshlagan. 1990–1991-yillаrdа Samarqand viloyati Jomboy tumani M.Ulug‘bek nomli paxtachilik davlat xo‘jaligi iqtisodchisi, 1991- 1992-yillarda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, 1992-1994-yillarda Jomboy tumani moliya bo‘limi iqtisodchisi, mudir o‘rinbosari - budjet inspeksiyasi boshlig‘I, 1994- 1995-yillarda, 1995-1997-yillarda “O‘zsavdogarbank” Samarqand viloyati bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i, amaliyot markazi boshlig‘i o‘rinbosari - iqtisodiy tahlil va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 1997-2002-yillarda Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat «Paxtabank»ning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Jomboy tumani bo‘limi boshqaruvchisi,2002-2003- yillrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2003-2005-yillrda «O‘zsanoatqurilishbank»ning Samarqand mintaqaviy filiali boshlig‘i.

2005-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2010-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, 2014-2020-yillrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarida fаoliyat olib borgаn. 2020-yildаn buyon O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari (jamoatchilik asosida) lаvozimidа ishlаydi. [3].

2020-yildan buyon esa IV chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, shuningdek, Oʻzbekiston sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi[4].

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  2. {{{заглавие}}}.
  3. „Руководство“. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  4. „Олий Мажлис Қонунчилик палатаси“ (uz). elections.uz. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.