Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻbek II
Gʻazna va Kobul hukmdori
Saltanat 1461–1502
Davomchisi Abdu Razzoq Mirzo
Farzandlari Abdu Razzoq Mirzo
Miron Shoh Mirzo
Biki Begum
Bibi Zarif
Toʻliq nomi
Mughiddin Ulugʻbek Mirzo II[1]
Sulola Temuriylar sulolasi
Otasi Abu Said Mirzo

Ulugʻbek II, shuningdek, Ulugʻbek Kobuliy[2] nomi bilan ham atalgan(vaf. 1502). Temuriylar sulolasidan boʻlgan hukmdor, 1461—1502-yillarda Kobul va Gʻaznani boshqargan[3].

Ulugʻbek Temuriylar sultoni Abu Said Mirzoning toʻrtinchi oʻgʻli. Oʻz faoliyatini otasi Kobul va Gʻazna shaharlari hokimi etib tayinlaganidan boshlagan. Abu Said vafotidan keyin davlat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan[4][5]. Akalari Ahmad Mirzo va Mahmud Mirzoga Samarqand va Badaxshon, ukasi Umar Shayx Mirzoga esa Fargʻona beriladi. Umar Shayx Mirzoning oʻgʻli Bobur keyinchalik Boburiylar imperiyasiga asos solgan[4].

Ulugʻbek uzoq va adolatli hukmronlik qildi[6]. Hukmronlik davri mobaynida Kobul madaniyat markaziga aylandi. Uning kutubxonasidan bir qancha kitoblar, jumladan, "Shohnoma" nusxasining ham topilishi hukmronlik davrida saroy xattotlik faroliyati rivojlanganini tasdiqlaydi. Bitta qoʻlyozmaga ishlangan murakkab frontispis orqali Ulugʻbek saroyiga lavvohlar, xattotlar va ehtimol musavvirlarni ham jalb etganligini bilish mumkin. Uning bogʻ-rogʻlarga mehr qoʻygani jiyani Bobur tomonidan yozib qoldirilgan. Ulugʻbek qurdirgan baʼzi bogʻlarning nomlari qoʻlyozmalarda saqlanib qolgan. Masalan, Bogʻi Behesht (Jannat bogʻi) va Boʻston-Sara (Bogʻlar boʻstoni)[7] kabi.

Hukmronligi davrida Pashtun qabilasi ilk bor Kobulga kelgan. Baʼzi manbalarga koʻra, qabila Ulugʻbekni qoʻllab-quvvatlagan va oʻz navbatida Ulugʻbek ham bunga javoban ularga yaxshi muomalada boʻlgan. Biroq 15-asrning soʻnggi choragi davomida qabila va hukmdor oʻrtasida munosabatlar keskinlashib borgan. Oqibatda, Gugyani qabilasining yordami bilan Ulugʻbek koʻplab qabila boshliqlarini oʻldirishga buyruq bergani aytiladi[8].Sharqshunos olim Annet Beverij Ulugʻbek va Yusufzoyi qabilasi boshligʻi Malik Sulaymon toʻgʻrisida quyidagi hikoyani yozib qoldirgan[9]:

Bir kuni qabilaning donishmand a'zosi, Shayx Usmon Sulaymonning yosh Mirzoni (Ulug‘bek) tizzasiga o‘tkizib suhbatlashayotganini ko‘rib, bu bolada Yazid ko‘zi borligini ,u o‘ziga va oilasiga ziyon yetkazishini aytadi, ya‘ni Yazid Payg‘ambar ga ziyon yetkazgan.Sulaymon bunga e'tibor bermadi va Mirzoga o‘z qizini turmushga berdi.Va oqibatda, Mirzo Yusufzoyi qabilasiga Kobulga taklif qilinganda, Sulaymonga xiyonat qilib, uni va 700 izdoshlarini o‘ldiradi.Ular Kobul yaqinidagi Siyohsang nomli joyda o‘ldiriladi.Bu yer hozirgacha Jafokashlar qabristoni nomi bilan mashhur.Ularning va, ayniqsa, Shayx Usmonning mozori e'zozlanadi.

Shu bilan bir qatorda, boshqa bir rivoyatlarda yozilishicha, Yusufzoiylar Kobulga koʻchib kelishgandan soʻng boshqa bir qancha qabilalar qatorida qaroqchilikka qoʻl urishadi. Bu ish shu darajaga yetadiki, keyinchalik Ulugʻbek ularni mintaqadan quvib chiqaradi[10].

Vafoti va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdur Razzoq maqbarasi, tax. 1924

Ulugʻbek 1502-yilda vafot etgan va Gʻazna shahridagi Abdur Razzoq maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara oʻgʻlining nomi bilan atalsa-da, Abdur Razzoqning qisqa hukmronligi davrida daxma qurilishi uchun buyruq berish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini taxmin qilish mumkin. Aslida, qabrni dastlab Ulugʻbek oʻzi uchun qurdirgan, keyinchalik esa Abdurrazoq dafn etilgan boʻlish ehtimoli kattaroq[11][12].

Otasi vafot etgan paytda Abdurrazoq hali voyaga yetmaganligidan foydalangan vazirlardan biri uni oʻz yoʻliga boshlaydi. Sodir boʻlayotgan muammoli vaziyatlarga Ulugʻbekning kuyovi Muhammad Muqim Argʻun Kobulni oʻz qoʻliga olish orqali barham beradi[13][14]. Nihoyat, Ulugʻbekning jiyani Bobur Muqimni mamlakatdan quvib chiqaradi va 1504-yilda amakivachchasi Abdur Razzoqni hukmronlikdan mahrum qilib, shaharni egallaydi. Bobur keyinchalik Hindistonga uyushtiradigan bosqinini aynan shu yerdan boshlagan[15][16].

  • Abdur Razoq Mirzo (vaf. 1509) — qisqa muddat Kobul hukmdori
  • Miron Shoh Mirzo
  • Biki Begim — Hirotlik Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Muhammad Maʼsum Mirzoga turmushga chiqgan
  • Kobuli Begim — birinchi Badi' az-Zamon Mirzoga turmushga chiqgan[17], ikkinchi Qambar Mirzo Koʻkaltoshga turmushga chiqgan[18]
  • Bibi Zarif — Muhammad Muqim Argʻunga turmushga chiqgan[19]
  1. Khan, Ansar Zahid. Babur's relations with the tribes in Kabul and the Punjab, Journal of the Pakistan Historical Society. Pakistan Historical Society., 1982 — 171-bet. 
  2. Dale, Stephen F.; Payind, Alam (1999). The Ahrārī Waqf in Kābul in the Year 1546 and the Mughūl Naqshbandiyyah. Journal of the American Oriental Society. 119. American Oriental Society. pp. 218–233. doi:10.2307/606107. 
  3. Gibb, Hamilton Alexander Rosskeen. The Encyclopaedia of Islam. Brill, 1973 — 357-bet. 
  4. 4,0 4,1 Rapson, Edward James. The Cambridge History of India. University Press, 1971 — 3-bet. 
  5. Williams, Laurence Frederic Rushbrook. An Empire Builder of the Sixteenth Century: A Summary Account of the Political Career of Zahir-ud-din Muhammad, Surnamed Babur. S. Chand & Co., 1918 — 78-bet. 
  6. Golombek, Lisa. The Timurid Architecture of Iran and Turan. Princeton University Press, 1988 — 299-bet. ISBN 978-0-691-03587-1. 
  7. Alam, Muzaffar. The Making of Indo-Persian Culture: Indian and French Studies. Manohar Publishers & Distributors, 1988 — 168-bet. ISBN 978-81-7304-210-2. 
  8. Kazimi, Muhammad Reza. Indian Reappraisals of Pakistan's Founder, Journal of the Pakistan Historical Society. Pakistan Historical Society, 2002 — 45-bet. 
  9. Babur. The Babur-nama In English (Memoirs of Babur). Luzac & Co., 1922 — XXXVI-bet. 
  10. Bellew, Henry Walter. An Inquiry Into the Ethnography of Afghanistan. Indus Publications, 1891 — 72-bet. 
  11. Golombek, Lisa. The Timurid Architecture of Iran and Turan. Princeton University Press, 1988 — 299-bet. ISBN 978-0-691-03587-1. 
  12. Hoag, John D. (1968). The Tomb of Ulugh Beg and Abdu Razzaq at Ghazni, A Model for the Taj Mahal. Journal of the Society of Architectural Historians. 27. University of California Press. pp. 234–248. doi:10.2307/988486. 
  13. Babur. Memoirs of Zehir-Ed-Din Muhammed Baber: Emperor of Hindustan. Longman, Rees, Orme, Brown, & Green, 1826 — 126-bet. 
  14. Hasan, Mohibbul. Babur, founder of the Mughal Empire in India. Manohar, 1985 — 31-bet. ISBN 9780836416411. 
  15. Srivastava, Ashirbadi Lal. The History of India, 1000 A.D.-1707 A.D.. Shiva Lal Agarwala, 1964 — 315-bet. 
  16. Rapson, Haig & Burn (1971)
  17. Babur. The Babur-nama In English (Memoirs of Babur). Luzac & Co., 1922 — 327–28-bet. 
  18. Balabanlilar, Lisa. Imperial Identity in Mughal Empire: Memory and Dynastic politics in Early Modern Central Asia. I. B. Tauris, 2012 — 24-bet. ISBN 978-1-848-85726-1. 
  19. Hasan, Mohibbul. Babur, founder of the Mughal Empire in India. Manohar, 1985 — 31-bet. ISBN 9780836416411.