Kontent qismiga oʻtish

Ukraina jurnalistlari kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ukraina jurnalistlari kuni“ (Ukr. „Jurnalistlar kuni“) — har yili 6-iyun kuni Ukrainada nishonlanadigan jurnalistlar, muxbirlar va reportyorlarning kasb bayrami[1].

Tarixi va bayramni nishonlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil 25-mayda Kiyevda Ukrainaning xalq tomonidan saylangan birinchi prezidenti Leonid Makarovich Kravchuk 251/94-sonli farmonni imzoladi. Unda respublikada yangi „Ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayrami — Jurnalistlar kuni“ ni belgilashga farmon berilgan[2].

„Jurnalistlar kuni“ni nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan. Aynan mana shu unutilmas kunda Bryusselda Ukraina Jurnalistlari Milliy uyushmasi mutlaq koʻpchilik ovoz bilan Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi — professional ommaviy axborot vositalari xodimlarining dunyodagi eng yirik tashkiloti safiga qabul qilingan.

2005-yilda Ukrainaning uchinchi prezidenti Viktor Andreyevich Yushchenko „Jurnalistlar kuni“ munosabati bilan oʻz tabrik soʻzida quyidagilarni aytdi:

"Ukrainaga jurnalistikaning yangi standartlari, gʻoyalar va fikrlar xilma-xilligi taqdim etiladigan sivilizatsiyalashgan media makon kerak. U asta-sekin siyosiy tarafkashlik va tor fikrlashni yoʻqotishi kerak. Davlat va matbuot oʻrtasidagi munosabatlar yangi tus olishi kerak. Hokimiyatda jurnalist uchun yopiq mavzular boʻlishi mumkin emas"[3].

Prezidentning nutqidan olingan iqtibos Ukrainada „toʻrtinchi hokimiyat“ qanday muhim rol oʻynashini aniq koʻrsatib turibdi.

Shu kuni jurnalistlar hamkasblari, doʻstlari, oʻquvchilari tomonidan tabriklar qabul qilib, demokratiya yoʻlidagi murosasiz kurashlari uchun ayrim davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan har xil grantlar olishadi.

Jurnalist kunidan tashqari, mamlakatda yana bir kasb bayrami bor: Ukraina radio, televideniye va aloqa xodimlari kuni.