Ufq
Ufq (yun. horizo — chegaralayman) — ochiq joyda Yer yuzasining koʻrinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon sferasi bilan kesishadigan qismi. Koʻrinma U. va matematik U. farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi Yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek boʻlib koʻrinuvchi egri chiziqni koʻrinma U. deyiladi. U.ning koʻrinma uzoqligi quyidagicha ifodalanadi: d~ 3,83VA, bu yerda d —masofa, km larda; h — kuzatuvchining Yer yuzasidan (dengizda esa suv sathidan) turgan balandligi, m larda ifodalanadi. Balandlik ortishi bilan U.ning koʻrinma uzokligi, shuningdek, U.ning pasayishi ortib boradi. Mas, dengiz qirgʻogʻida turgan odam 5–6 km, 10 m balandlikda esa 12,1 km uzoqdagi buyumlarni koʻrishi mumkin. Kuzatuvchi turgan nuqtada shovun chizigʻi osmon sferasini zenit va nadir nuqtalarida kesadi (qarang Osmon sferasi). Shovun chizigʻiga perpendikulyar boʻlgan tekislik bilan osmon sferasining kesishishidan hosil boʻlgan katta doyra matematik yoki haqiqiy U. deyiladi. Koʻrinma U., odatda, matematik U.dan pastda yotadi. Shunga kura, koʻrinma U. haqiqiy U.dan kichik boʻladi. Joyning meridiani haqiqiy U. bilan ikki nuktada: shim. nuqta N va jan. nuqta S da kesishadi. N va S lar oʻrtasida shim.ga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomoni sharq Ye va chap tomoni gʻarb Jboʻladi. U. osmon ekvatori bilan xuddi shu Ye va W nuqtalarda kesishadi. N, S, Ye va I^lar U.ning asosiy (bosh) nuqtalari boʻlib, unga dunyo tomonlari ham deyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |