Uchtishli sutlama
Uchtishli sutlama | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | O‘simliklar |
Tip: | Gulli |
Sinf: | Ikki pallali |
Oila: | Sutlamadoshlar |
Urugʻ: | Euphórbia |
Turlari: | Uchtishli sutlama |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Euphorbia triodonta (Prokh.) (Prokh., 1949) |
Uchtishli sutlama[1] ( lotincha: Euphorbia triodonta) — sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilasiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Hozirgi taksonomik nomlanishini 1949-yilda rus botaniki Yaroslav Ivanovich Proxanov tomonidan qayd etilgan[2][3] .
Sinonimik nomlanishi — Tithymalus triodontus Prokh. basionym[2].
Qisqacha tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston endemigi[4].
Bo‘yi 6–15 sm, tuksiz, ko‘k-yashil rangli, bir yillik o‘t hisoblanadi. Poyasi qisqa, deyarli asosidan shoxlanadi. Poyadagi barglari bandsiz, tekis qirrali, pastki 2 juft barglari qarama-qarshi, qolganlari galma-gal bilan joylashgan, uzunligi 4,5–5 mm, eni 1–1,5 mm. Guloldi barglari qarama-qarshi joylashgan, qalami, uzunligi 10–15 mm, eni 1,5–4 mm, uchta tomirli. To‘pguli ayri bo‘lib shoxlangan, tarvaqaylagan. Ko‘sakchasining uzunligi 3–3,5 mm, eni 2–2,5 mm. Urug‘i cho‘zinchoq, olti qirrali, uzunligi 1,5–2 mm, oqish yoki kulrang tusda bo‘ladi. Aprel oyida gullab, mevasi may–iyun oylarida yetiladi[5].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu o‘simlik turi Surxondaryo viloyati: Surxon Sherobod vodiysi (Sherobod atroflari)da tarqalgan. Gipsli va sho‘r tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Muhofaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1]. O‘zbekistonning janubiy hududiga xos juda noyob endemik tur sanaladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Молочай трёхзубчатый - Euphorbia triodonta - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Euphorbia triodonta (Prokh.) Prokh. — The Plant List“. 2020-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
- ↑ Tropicos | Name - Euphorbia triodonta (Prokh.) Prokh
- ↑ World Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew
- ↑ „УЧТИШЛИ СУТЛАМА“. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.