Kontent qismiga oʻtish

Uchquloch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uchquloch – Jizzax viloyati Forish tumanidagi shaharcha (1983-yildan). Shim.sharqdan Aydarkoʻl sohillariga yondosh. Tuman markazi (Forish)dan 12 km shim. da. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Jizzax (64 km). Axoliyey 4,7 ming kishi (2004).

Shaharchaning tarixiy nomi „Xonbandi“ 10-asrda qoraxoniylar tomonidan qurilgan katta suv inshooti – toʻgʻondan olingan (hozirgacha saqlangan). Toʻgʻon tarashlangan granit va chidamli maxsus qorishmadan bunyod etilgan. Uning yonida suv ombori boʻlgan. Vaqt oʻtib soylardan oqib kelgan choʻkindilar, loyqa suv omborini toʻldirib, toʻgʻonni yaroqsiz ahvolga keltirgan. Shundan soʻng odamlar bu yerdan koʻchib ketgach, yashnagan voha dasht, choʻlga aylangan.

1930-yillarda Pistali togʻ tizmasida qoʻrgʻoshin, rux konlari topilishi munosabati bilan Uchquloch yaylovida 1960— 70 yillarda Uchquloch konchilar posyolkasi barpo etilgan. Xonbandi toʻgʻonidan 1,5 km janubida shaharcha qurildi. Unga Uchquloch nomi berildi. Konchilar posyolkasi ham U.ga ham qoʻshildi.

U.da, asosan, kon sanoati rivojlangan. Olmaliq konmetallurgiya ktining ruda koni, Gʻallaorol geologiyarazvedka ekspeditsiyasining guruhi, „Devon“ korxonasi (marmar qazib olinadi), „Forteks“ xususiy korxonasi (junni qayta ishlaydi), 2 umumiy taʼlim maktabi, kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, savdo, aloqa va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Shaharchaga Olmaliq – U., Jizzax – U., Yangiqishloq —U. yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.