Uchchello Paola
UCHCHELLO (Uccello) (asli di Dono, di Dono) Paola (1397 — Florensiya — 1475.10.12) — italyan rassomi, Florensiya maktabining yirik namoyandasi. U. Donatello, F. Brunelleski, Mazachcho va 1407—14 yillarda L. Giberti ustaxonasida taʼlim olgan va undan ilhomlangan. Asosan, Florensiyada, shuningdek, Venetsiya (1425—30), Paduya (taxminan 1447), Urbino (1465—68)da ham ishlagan. U. ijodida gotika shakllariga moyillik yangi, realistik sanʼat masalalariga boʻlgan qiziqish bilan gʻaroyib uygʻunlikka erishgan; portretlari ("Kondotyera J.Akuto", Florensiyadagi sobor devoriga ishlangan freska, 1436), jang lavhalari ("SanRomano yaqinidagi jang", taxminan 1450-yillar oʻrtasi, nusxalari Uffitsida, Luvrda, Londondagi Milliy galereyada) va boshqa asarlari saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |