Tuyachilik
Tuyachilik — chorvachshshkning tuyalarni koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi; tuyalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan. T. xoʻjaliklari choʻl, chala choʻl va quruq dasht mintaqalarida joylashgan. Issiq iklimga moslashgan dromedar (bir oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning jan. mintaqalari, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Afrika mamlakatlarida, sovuqqa chidamli baktrian (ikki oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning shim. qismida, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, Rossiyaning Astraxon viloyati, Qalmiq choʻllarida, Tuva, Oltoy oʻlkasida, Mongoliya, Xitoyning gʻarbiy mintaqalarida yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi.
Yevropa mamlakatlaridan Ispaniyada ham tuyalar bor. Ularni 8-asrda mavrlar Afrikadan olib oʻtgan. 1886-yilda tuyalar Avstraliyaga ham keltirilgan, quruq dasht iqlimi, shoʻrxok choʻllari tufayli tuyalar bu yerda yashab ketgan.
20-asrning 30—40-yillarida Toshkent yilqichilik, tuyachilik, xachirchilik va boshqa yukchi hayvonlar tajriba styasida tuya resurslarini oʻrganish, T.da naslchilik ishlarini tashkil etish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish kabi mavzular boʻyicha tadqiqot ishlari olib borildi (prof.lar V. A. Shchekin, I. I. Lakoza). Hozirgi paytda T. sohasi boʻyicha ilmiyamaliy ishlar respublika chorvachilik va qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqot intlarida olib boriladi. Oliy va oʻrta maxsus qishloq xoʻjaligi. oʻquv yurtlarida T. mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.
Abdusattor Amirov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |