Turuxtan
Qiyofa
Turuxtan (Philomachus pugnax) — balchiqchilar turkumiga mansub qush. Tanasi 26 sm cha. Narining qanoti 17,5— 19 sm, ogʻirligi 184 g cha, modasining qanoti 14—16,5 sm, ogʻirligi 108 g cha. Urchish davrida narining boʻyin va boshi orqasidan rangbarang tusda uzun patlar oʻsib chiqadi. Modasi bir oz odmiroq. Urchish davri tugagach, ikkala jins bir-biriga oʻxshash tusga kiradi. Yevropa va Osiyoning shim. hamda moʻʼtadil mintaqalarida uya quradi. Jan. va tropik Afrikada, shuningdek, Jan. Osiyoda qishlaydi. T. — poligam kush. 4 ta tuxum qoʻyadi. 22—23 kun bosadi. Mayda umurtqasiz hayvonlar, oʻsimlik urugʻlari bilan ozikdanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi. Oʻzbekistonda migratsiya davrida uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |