Tursun Komilov
Tursun Komilov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1902-yil Тoshkent |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tursun Komilov - sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tursun Komilov 1902-yilda hozirgi Andijon viloyati hududida tug‘ilgan. 1929-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Komilov 1920-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1920-1973-yillarda Andijon viloyati Komsomol partiya xodimi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligining koʻchirish boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Qoʻqon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Fargʻona viloyat komiteti kotibi, Andijon viloyati paxta tayyorlash birlashmasi boshqaruvchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati Lenin tumani qo‘mitasi birinchi kotibi hamda Andijon viloyat partiya komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
T. Komilov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali bilan taqdirlangan va unga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.
Komilov KPSS (b) XVIII konferensiyasi delegati va O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 5-chaqiriq deputati etib saylangan.
Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Komilov 1980-yildan keyin vafot etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi — 5-jild — 588-bet.