Kontent qismiga oʻtish

Turoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turoq — boʻgʻinlarning misralar boʻyicha takrorlanib kelgan muayyan boʻlagi. Turoq sillabotonik sheʼr tizimida urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning sheʼr oʻlchovini belgilaydi. Barmoqtizimida sheʼr misralaridagi ritmik boʻlak hisoblanadi, sheʼrning ritmini, musiqiyligini vujudga keltiradi. Turoqlar aruzda rukn deb yuritiladi; ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga qarab xarakterlanadi. Sheʼriy misralar ikki, uch va undan ortiq turoqdan tashkil boʻladi. Barmoq vazni sheʼrlaridagi xar bir misrada 2—3 T., har bir turoqda 2—3—4 va undan ortiq boʻgʻin boʻladi.

Turoqlar misrada 2 katta guruhga boʻlinib keladi, buning natijasida bosh turoq paydo boʻladi. Quyidagi misolda bosh turoq 2 chiziq bilan koʻrsatilgan:Daryo toʻlqin, Gʻ suvlar toshqin oʻtolmayman, Otim oriq, manzilimga yetolmayman. Otginamni/oriq qilgan — shu mayda tosh, Rangginamni/sariq qilgan—shu qalam qosh. (Oʻzbek xalq qoʻshigʻi).