Turnir
Turnir (nem. Turnier) — 1) oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ritsarlarning harbiy musobaqasi. Uning maqsadi ritsarlarning jangovarlik qobiliyatini namoyish qilish boʻlgan. Koʻp mamlakatlarda 16-asrda toʻxtatilgan; 2) 2 tadan ortiq sportchi ishtirok etadigan shaxsiy yoki jamoa birinchiligi musobaqalarini oʻtkazish shakli. Davra (xar bir qatnashchi boshqa qatnashchilarning hammasi bilan bir yoki bir necha martadan uchrashadi), olimpiada yoki kubok (navbatdagi turda magʻlub boʻlganlar chiqib ketaveradi) tartiblari farklanadi. Shuningdek, shveysarcha deb nom olgan tartib ham bor. Unda uchrashuvlar soni katnashchilar soniga nisbatan bir necha marta kam boʻladi. 1turda raqiblar qurʼa tashlab aniklanadi, keyingi turlarda esa teng ochko olganlar orasida kurʼa tashlanib juft aniklanadi. Bir musobaqa davomida bosqichmabosqich turlicha tartiblardan foydalanish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |