Turkum:Fir'avnlar
Fir`avnlar o`zlarining qudratini namoyish etish maqsadida piramidalar shaklidagi ulkan maqbaralar qurdira boshladilar. Vafot etgan fir`avnlar shu maqbaralarga dafn etilgan. Maqbaralar yaqinida fir`avnlardan biri sfinks shaklida tasvirlangan qoyadan ishlangan sfinksning balandligi 20 metrdan ortiq bo`lgan. Sfinks odamlarda qattiq qo`rquv uyg`otgan. Shuning uchun u daxshat otasi deb atalgan. Piramida sfinks misrliklarga fir`avnlar qudratli xudolardir, degan fikrni singdirishi lozim edi.shaharda mahobatli ibodathonalar ham qurilgan. Odamlarni hudo va fir`avnlar qudratiga ishontirish maqsadida ibodatxonaning yonida yoki ichkarisida fir`avnlarning odam bo`yidan 5-6 marta katta keladigan haykallari qurilgan. Devor va ustunlarga esa ularning ulkantasvirlarni o`yib ishlangan.